08:56 (27.04.2023)

1850

Qanday qoʼshimchalar uzoq umr koʼrishga yordam beradi?

Tibbiyot yutuqlari tufayli XXI asrda inson 100 yilgacha yashashi mumkin. Bunga erishish uchun muntazam ravishda shifokor huzuriga tashrif buyurish va sogʼliqni kuzatib borish kerak.

Ratsionda barcha kerakli oziq moddalar, vitaminlar va mikroelementlar mavjudligini taʼminlash bir xil darajada muhim.

Koenzim Q10. Tana hujayralari energiya ishlab chiqarish uchun ushbu moddadan foydalanadi. Miya (tana umumiy energiyasining 20-30 foizi), shuningdek, yurak va mushaklar uni juda koʼp isteʼmol qiladi. 30-40 yildan keyin koenzim Q10 ning tabiiy sintezi sekinlashadi, shuning uchun uni qoʼshimchalar shaklida isteʼmol qilish lozim.

Omega-3. Omega-3 yog kislotalari yogʼ almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi va hujayra membranalarini shikastlanish hamda parchalanishdan himoya qiladi. Shuningdek, Omega-3 jigar, koʼzning toʼr pardasi, miya va boʼgʼimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu moddani qabul qilish qon tomirlarining oʼtkazuvchanligini yaxshilaydi va yurakning chidamliligini oshiradi.

Kollagen. Ushbu oqsil barcha biriktiruvchi toʼqimalar uchun asosdir. Kollagenni qabul qilish ajinlar paydo boʼlishini kechiktirishga va terini tekislashga yordam beradi, shuningdek, boʼgʼimlarni mustahkamlaydi.

Zarchava (kurkuma). Bu mahsulot antioksidantlarning ajoyib tabiiy manbai boʼlib, hujayralarni erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qiladi va yoshga bogʼliq oʼzgarishlarni sekinlashtiradi. Shuningdek, yalligʼlanishni toʼxtatishga va yurakni mustahkamlashga yordam beradi.

Lyutein va zeaksantin. Ikkala modda ham koʼz sogʼligʼini saqlashda katta rolь oʼynaydi. Ular koʼzning toʼr pardasini erkin radikallarning oksidlanishidan va koʼk yorugʼlik nurlaridan (koʼpchilik ekranlardan keladigan) shikastlanishdan himoya qiladi. Shuningdek, koʼrish ravshanligini oshiradi va ranglarni idrok etishni yaxshilaydi.

Yangi vositalardan foydalanishni boshlashdan oldin testlardan oʼtish (ular organizmda qaysi ozuqa moddalari yetishmayotganligini aniq koʼrsatib beradi) va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech