15:08 (13.07.2023)
2137
So'nggi paytlarda, parranda grippining avj olishi nafaqat qushlar, balki odamlar uchun ham xavf tug'diradi. Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti va Butunjahon hayvonlar salomatligini muhofaza qilish tashkiloti chorshanba kuni Jenevada tarqatilgan qo'shma press-relizda ogohlantirdi.
Parranda grippi epidemiyasi hayvonlar populyatsiyasini, jumladan, parrandalar, yovvoyi qushlar va ba'zi sutemizuvchilarni vayron qildi, fermerlarga va oziq-ovqat savdosiga katta ziyon yetkazdi. "Ushbu epidemiyalar asosan hayvonlarga ta'sir qilsa-da, ular odamlar uchun doimiy xavf tug'diradi", deyiladi hisobotda.
Yuqorida aytib o`tilgan tashkilotlar "qushlarga qaraganda biologik jihatdan odamlarga yaqinroq" bo'lgan sutemizuvchilarda aniqlangan infektsiya holatlari sonining ko'payishiga e'tibor qaratdi va bu "virus odamlarni yuqtirishga osonroq moslashishi mumkinligidan xavotir uyg'otadi" deb ta`kidladi.
2022-yilda 67 davlat parrandalar va yovvoyi qushlarning yuqori patogenli epidemiyalari haqida maʼlumot berdi. Shu bilan birga, fermalarda 131 milliondan ortiq parranda nobud bo'lgan yoki kasal bo`lganligi sababli yo'q qilingan. 2023-yilda 14 ta davlat H5N1 parranda grippi avj olgani haqida xabar berdi, ularning aksariyati asosan Shimoliy va Janubiy Amerikada.