15:08 (13.07.2023)

2140

JSST parranda grippining odamlar uchun xavfliligi haqida ogohlantirmoqda

So'nggi paytlarda, parranda grippining avj olishi nafaqat qushlar, balki odamlar uchun ham xavf tug'diradi. Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti va Butunjahon hayvonlar salomatligini muhofaza qilish tashkiloti chorshanba kuni Jenevada tarqatilgan qo'shma press-relizda ogohlantirdi.

Parranda grippi epidemiyasi hayvonlar populyatsiyasini, jumladan, parrandalar, yovvoyi qushlar va ba'zi sutemizuvchilarni vayron qildi, fermerlarga  va oziq-ovqat savdosiga katta ziyon yetkazdi. "Ushbu epidemiyalar asosan hayvonlarga ta'sir qilsa-da, ular odamlar uchun doimiy xavf tug'diradi", deyiladi hisobotda.

Yuqorida aytib o`tilgan tashkilotlar "qushlarga qaraganda biologik jihatdan odamlarga yaqinroq" bo'lgan sutemizuvchilarda aniqlangan infektsiya holatlari sonining ko'payishiga e'tibor qaratdi va bu "virus odamlarni yuqtirishga osonroq moslashishi mumkinligidan xavotir uyg'otadi" deb ta`kidladi.

2022-yilda 67 davlat parrandalar va yovvoyi qushlarning yuqori patogenli epidemiyalari haqida maʼlumot berdi. Shu bilan birga, fermalarda 131 milliondan ortiq parranda nobud bo'lgan yoki kasal bo`lganligi sababli yo'q qilingan. 2023-yilda 14 ta davlat H5N1 parranda grippi avj olgani haqida xabar berdi, ularning aksariyati asosan Shimoliy va Janubiy Amerikada.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech