10:10 (14.03.2023)

2728

Yoʼtal siroplari qanday qilib zaharga aylanadi?

Euromonitor tahlil kompaniyasi maʼlumotlariga koʼra, 2022 yilda bolalar uchun retseptsiz beriladigan yoʼtal, shamollash va allergiyaga qarshi vositalarning global bozori 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Ushbu preparatlar isitma tushiruvchi paratsetamol va glitserin yoki propilen glikol kabi moddalarni oʼz ichiga oladi.

Xalqaro sogʼliqni saqlash idoralari Gambiyaga yetkazib beriladigan sirop tarkibida ikkita juda zaharli moddalar borligini aniqladilar: etilen glikol va dietilen glikol. Har ikkalasi ham propilentgikol ishlab chiqarishda nojoʼya mahsulot boʼlishi mumkin, dedi jahon standartlarini shakllantirishga hissa qoʼshadigan notijorat tashkilot — AQSh farmakopeyasining tartibga solish masalalari boʼyicha direktori, doktor Chaitania Kumar Koduri.

Farmatsevtikada foydalanish uchun propilen glikol ishlab chiqaruvchilar har qanday toksinlarni olib tashlash uchun uni tozalashlari kerak, deydi Kumar Koduri. Xalqaro standartlarga muvofiq, preparatlarda faqat oz miqdoriga ruxsat beriladi – 100 ml sirop uchun 0,1 g dan oshmasligi kerak.

Ushbu moddalarning barchasi oʼxshash xususiyatlarga ega. Biroq propilen glikol toksik emas, etilen glikol va dietilen glikol esa oʼta xavflidir. Agar oshqozonga kirsa, ular buyrak yetishmovchiligiga va shoshilinch choralar koʼrilmasa, oʼlimga olib kelishi mumkin.

Kimyoviy tarkibiy qismlarni yetkazib beruvchilarning ikkita veb-saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʼra, etilen glikol va dietilen glikol propilen glikoldan ikki baravar arzonroq va ilgari baʼzi ishlab chiqaruvchilar ushbu moddani sanoat uchun ishlatiladigan propilen glikol yoki tozalangan etilen glikol va dietilen glikol bilan almashtirishgan.

1990 yillarda Gaitida 90 ga yaqin va Bangladeshda 200 dan ortiq bola paratsetamol siropiga ishlatiladigan dietilen glikol bilan zaharlanish natijasida vafot etgan. Keyinchalik oʼlim holatlari Panama, Hindiston va Nigeriyada kuzatildi.

Oʼshandan beri Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti xalqaro talablarni, shu jumladan, ishlab chiqaruvchilarga ingredientlar va yakuniy mahsulotlarni koʼproq sinovdan oʼtkazish talablarini kuchaytirdi. Biroq ishlab chiqarish va isteʼmol masalalarida qonunlarni yaratish va qoʼllash muayyan mamlakatlarda hokimiyat organlarida qoladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech