News

not found

SSV: Jahon banki tomonidan tibbiyot yoʼnalishida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Sogʼliqni saqlash vaziri oʼrinbosari Ulugʼbek Sabirov Jahon bankining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, ushbu moliya muassasasining sogʼliqni saqlash masalalari boʼyicha katta mutaxassisi Elvira Аnadolu va boshqa masʼullar bilan uchrashuv oʼtkazdi. Unda tibbiyot sohasida olib borilayotgan hamkorlik istiqbollari haqida soʼz bordi. Qayd etilganidek, bugun Oʼzbekiston va Jahon banki oʼrtasidagi oʼzaro aloqalar turli sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Xususan, tibbiyot tizimi boʼyicha yoʼlga qoʼyilgan qator loyiha va dasturlar sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, elektron sogʼliqni saqlash tizimini rivojlantirish, shifokor va hamshiralar malakasini oshirish kabi muhim yoʼnalishlarni qamrab oladi. Jumladan, Prezidentimizning 2020 yil 2 iyuldagi tegishli qaroriga koʼra, mamlakatimizda mazkur xalqaro moliya muassasasi ishtirokida “Oʼzbekistonda koronavirus infektsiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʼrish” loyihasi keng koʼlamda amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida yurtimizda tumanlararo qoʼshma shikastlanishlar va oʼtkir qon-tomir kasalliklari markazlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishi karantin davrida va undan keyingi holatlarda aholi salomatligini tiklashda asosiy omillardan biri boʼldi. Chunonchi, ushbu tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Jahon banki mablagʼlari hisobidan multispiral kompьyuter tomografiyasi, zamonaviy rentgen-diagnostika uskunasi, gemodializ, videogastroskop va videobronxoskop kabi zamonaviy apparatlar olib kelib, oʼrnatildi. Shuningdek, ushbu bank shoshilinch xizmatlarni rivojlantirish loyihasi doirasida tez va shoshilinch tibbiy yordamni raqamlashtirish, RShTYoIM va uning filiallari oʼrtasida teletibbiyotni yoʼlga qoʼyish uchun ilgʼor tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish jarayonida ham faol ishtirok etmoqda. Qolaversa, mazkur muassasa mablagʼlari hisobidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM)ning 75 oʼrinli yangi xirurgiya korpusining jihozlanishi bu yerda xorij tajribasi asosida yuqori texnologik noyob operatsiyalar bajarish, malakali mutaxassislar tayyorlash ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qilayotir. Uchrashuvda oʼzaro hamkorlikda yoʼlga qoʼyilgan loyihalar ijrosini taʼminlash, kelgusida yana qator yoʼnalishlar boʼyicha hamkorlik aloqalarini butunlay yangi bosqichga koʼtarish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

  • 17 February, 12:36
  • Read more
not found

Layfxak: Aspirindan 5 ta noodatiy foydalanish

Аspirin deyarli har qanday birinchi yordam toʼplamida mavjud boʼlgan dori. U nafaqat ogʼriq bilan kurashadi, balki boshqa koʼplab hayotiy vaziyatlarda ham foydali boʼlishi mumkin. 1. Oʼsimliklarni saqlang.Suvga qoʼshilgan aspirin kesilgan gullarning umrini sezilarli darajada uzaytirishi maʼlum. Biroq, u bogʼdorchilikda ham yaxshi yordamchi. Bitta tabletkani bir litr suvda eritib, bu eritma bilan zamburugʼ bilan kasallangan tuproqni sugʼorish kifoya. Kasallik yoʼqoladi va oʼsimliklar yaxshiroq oʼsadi. 2. Dogʼlardan xalos boʼling.Ikkita aspirin qoʼshilgan 100 millilitr suvga dogʼ kiyimlar solinadi. 3 soat davomida qoldiriladi. Bu usul orqali nafaqat dogʼlarni, terlashdan qolgan sariq dogʼlarni osonlikcha bartaraf etish mumkin. 3. Husnbuzar bilan kurashish.Aspirin teri yalligʼlanishida yaxshi yordam beradi, shuning uchun u toʼsatdan chiqqan husnbuzarni deyarli koʼrinmas holga keltirishi mumkin. Buning uchun maydalangan aspirin ustiga bir necha tomchi suv solib, hosil boʼlgan massani yalligʼlangan joyga bir necha daqiqaga qoldirish kifoya. 4. Qazgʼoqdan xalos boʼling.Bunda maydalangan aspirin qoʼshilgan shampun yordam beradi. Bosh yuvganda aspirin aralashtirilgan shampun sochlarda bir necha daqiqa ushlab turiladi va yuviladi. Soʼngra oddiy shampun bilan sochni yana bir marta yuvish lozim. 5. Hasharot chaqqanda terini tinchlantirish.Agar sizni ari yoki boshqa hasharot chaqib olgan boʼlsa, zararlangan joyga suvga namlangan aspirin surting. Qichishish yoʼqoladi va yalligʼlanish kamroq seziladi. OgohlantirishAspirinning dori ekanligini unutmang, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan ishlating. Misol uchun, astmasi borlar yoki aspiringa allergiyasi boʼlganlarlar bu doridan foydalanmasliklari kerak.

  • 16 February, 11:51
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech