Yangiliklar

not found

SSV: Belarus bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Sogʼliqni saqlash vazirligida Belarus Respublikasi sogʼliqni saqlash vaziri Аleksandr Xodjaev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Muloqot avvalida soʼnggi paytlarda ikki davlat oʼrtasida tibbiyot sohasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.  Xususan, oʼtgan yilning noyabr oyida yurtimizda Oʼzbekiston – Belarus sogʼliqni saqlash va tibbiy taʼlim kunlari, Minsk shahrida esa Oʼzbekiston – Belarus tibbiyot forumi oʼtkazilgan edi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʼnalishlari muhokama qilindi. Jumladan, Sogʼliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi А. Xudayarov onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish Oʼzbekiston uchun Belarusь bilan hamkorlikning ustuvor yoʼnalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi. Bugungi kunda ushbu mamlakatning “Ona va bola” RIАMning 4 nafar yuqori malakali mutaxassisi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filialida faoliyat yuritmoqda. Mazkur yoʼnalishda, ayniqsa, neonatologiya va bolalar reanimatsiyasi, Belarusning ushbu sohadagi boshqaruv tizimining yurtimizda joriy etilishini jadallashtirish yuzasidan oʼzaro fikr almashildi. Hamkorlikning yana bir muhim yoʼnalishi sifatida yurtimizda hamshiralar malakasini oshirish belgilandi. Shuningdek, kardiologiya, onkologiya, bolalar onkogematologiyasi, travmatologiya va ortopediya, transplantologiya, yuqumli boʼlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholi immunizatsiyasi, reabilitatsiya kabi qator yoʼnalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Samimiy va doʼstona ruhda oʼtgan muloqot davomida farmatsevtika sohasidagi sheriklikni yanada kengaytirish, shu jumladan qon plazmasi asosida dori vositalarining yurtimizda ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish, tibbiyot muassasalariga zamonaviy dializatorlarni yetkazib berish masalalari ham koʼrib chiqildi. Maʼlumot oʼrnida, bugun, 7 fevralь kuni Toshkent shahrida boʼlib oʼtadigan II Oʼzbekiston – Belarusь hududlararo forumi doirasida "Sport, turizm va sogʼliqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish" mavzusida panel sessiyasi oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

  • 7 Fevral, 11:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech