Dorixonalar nima uchun tekshiriladi?
Respublikamizda faoliyat olib borayotgan dorixonalar amaldagi qonunchilik doirasida Sanepidqoʻmita tomonidan faoliyati oʻrganiladi.
Bunda: - Dorixona binosi,
- dorilarni tayyorlash,
- saqlash va tarqatish xonalari,
- maʼmuriy-maishiy xonalar (idora, kiyinish xonasi, hojatxona),
-kirish joyi 1 metr kenglikdagi pandus bilan jihozlanganligi,
- dori preparatlari va aseptik moddalar saqlanishi, shuningdek,
- dorixonalarning isitish, sovutish va yoritish tizimlariga hamda
- bu yerda ishlovchi xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar oʻrganiladi.
✅ Dorixona binolarida, xususan, dori vositalari saqlanadigan joylarda mikroiqlim sharoitlari:Baʼzi dorilar xona namligi yoki harorati uchun maxsus talablarga ega. Shuning uchun dorixonalarning mikroiqlim koʻrsatkichlari “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga javob berishi lozim. Bu talablar ularni saqlash joyini tashkil qilishda eʼtiborga olinishi kerak.
✅ Dorixona xizmatchilari hujjatlari: Xodimlarning tibbiy koʻrikdan va sanitariya minimumi kursidan oʻtganligi tekshiriladi.
✅ Dorixonaning tozalik darajasi: Ish joyi va xodimlar kiyimining talab darajasida ekanligi hamda xona holatiga koʻra baholanadi.
✅ Turli jurnallarining mavjudligi va toʻgʻri yuritilishi:Dezinfeksii, dezinskeksiya jurnallarining toʻgʻri yuritilishi, kundalik tozalash ishlari oʻtkazilganlik holatlari baholanadi.
Qayd etilgan sanitariya qoida va meʼyorlariga rioya etmaslik holatlari aniqlansa, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, dorixona faoliyati toʻxtatiladi.
- 28 Avgust, 11:50
-
Batafsil