Yangiliklar

not found

"Andijon Dori-Darmon"ga qarashli yana 13 ta dorixona GPP sertifikatini oldi

Aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash uchun ular xalqaro darajada e’tirof etilgan standartlar asosida ishlab chiqarilishi, saqlanishi, laboratoriya ekspertizasidan va klinik tekshiruvlardan o‘tishi kerak. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida farmatsevtika mahsulotlarining ushbu talablarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida GxP konsepsiyasi joriy etilgan. GxP o‘zi nima? GxP – bu farmatsevtika sanoatining turli yo‘nalishlaridagi “zarur amaliyotlar”, shu jumladan Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP), Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP), Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP), Zarur klinika amaliyoti (GCP), Zarur farmnazorat amaliyoti (GVP), Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)ni o‘z ichiga olgan yaxlit standartlar tizimi. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar 2025-yil 1-yanvarga qadar hamda boshqa dorixonalar 2026-yil 1-yanvarga qadar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi bo‘lgilangan. Mazkur talablardan kelib chiqqan holda "Andijon Dori-Darmon" da qarashli yana 13 ta dorixona GPP sertifikatini oldi: 1. Andijon viloyati, Asaka tumani, Ergashobod MFYda joylashgan 39-sonli ijtimoiy dorixona. 2. Andijon viloyati, Marhamat tumani, Barhayot MFYda joylashgan 128-sonli ijtimoiy dorixona. 3. Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, Dehqonobod MFYda joylashgan 204-sonli ijtimoiy dorixona. 4. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Dehqonchilik MFYda joylashgan 55-sonli ijtimoiy dorixona. 5. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Tadbirkor MFYda joylashgan 238-sonli ijtimoiy dorixona. 6. Andijon viloyati, Navro‘zobod MFYda joylashgan 154-sonli ijtimoiy dorixona. 7. Andijon viloyati, Marhamat tumani, Rovvot MFYda joylashgan 256-sonli ijtimoiy dorixona. 8. Andijon viloyati, Izboskan tumani, Yangi avlod MFYda joylashgan 157-sonli ijtimoiy dorixona. 9. Andijon viloyati, Izboskan tumani, Guliston MFYda joylashgan 156-sonli ijtimoiy dorixona. 10. Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani, Terakzor MFYda joylashgan 61-sonli ijtimoiy dorixona. 11. Andijon viloyati, Izboskan tumani, Tinchlik MFYda joylashgan 245-sonli ijtimoiy dorixona. 12. Andijon viloyati, Izboskan tumani, Yuqori Chuvoma MFYda joylashgan 262-sonli ijtimoiy dorixona. 13. Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Suvyulduz MFYda joylashgan 77-sonli ijtimoiy dorixona.

  • 11 Mart, 14:53
  • Batafsil
not found

QUTLOV

"Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasining 2- boʼlim boshligʼi Primuhamedova Bahor Murtazaqulovnani 60 yoshga toʼlishi munosabati bilan samimiy qutlaymiz. Bahor Primuhamedova 1965 yil 8-mart kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tavallud topgan. 1987-yilda Toshkent Farmatsevtika institutini provizor mutaxassisligi boʼyicha tugatgan va shu yili Jizzax viloyati dorixonalar boshqarmasining omborxonasida provizor-texnolog sifatida ish faoliyatini boshlagan. 38 yillik faoliyati davomida Jizzax viloyati "Farmatsiya" IChBning savdo boʼlimida, "Jizzax Dori-Darmon"da xodimlar boʼlimi katta noziri boʼlib ishlagan. 2002 yildan buyon "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasining farmatsevtika ishini tashkil qilish va nazorat boʼlimida provizor-nazoratchi, yetakchi provizor-nazoratchi, boʼlim mudirining muovini va boʼlim boshligʼi, 2017 yildan buyon esa 2-boʼlim boshligʼi lavozimida xizmat faoliyatini olib bormoqda. Bahor Primuhamedova yillar davomida juda ko‘plab shogirdlarga ustozlik qildi, farmatsevtika ishini, mijozlar bilan ishlashni, jamoa bilan muloqotni o‘rgatdi, ustoz-shogird an’analarini qadrlab, davom ettirib kelmoqda. Samarali mehnati sabab 2011-yilda "Mustaqillikning 20-yilligi", 2021-yilda "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Kompaniya rahbariyati tomonidan tavallud kun sohibasi uzoq yillar davomida fidoyilik bilan vazifasini sidqidildan bajarib kelayotganligi uchun "Faxriy yorliq" topshirildi. Primuhamedova Bahor Murtazaqulovna qutlug‘ yoshingiz muborak bo‘lsin, sizga sog‘lik-salomatlik, uzoq va mazmunli umr, baxt-saodat, sharafli ishingizda yangidan yangi muvaffaqiyatlarni tilab qolamiz. "Dori-Darmon" AK jamoasi

  • 11 Mart, 11:11
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech