Yangiliklar

not found

Qanday dori vositalari retseptsiz sotiladi?

Dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish dori vositasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish, davlat roʼyxatidan oʼtkazish hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning roʼyxatdan oʼtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish jarayonida amalga oshiriladi. Quyidagi dori vositalari Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tomonidan retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiladi: - Muomalada boʼlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar roʼyxatlariga kirmaydigan dori vositalari; - kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʼyxatida mavjud boʼlgan moddalarni tarkibida saqlamagan dori vositalari; - reproduktiv toksiklik, genotoksiklik va kantserogenlik xususiyatlariga ega boʼlmagan dori vositalari; - tibbiy kuzatuvsiz qoʼllanilganida inson organizmiga bevosita yoki bilvosita xavf tugʼdirmaydigan dori vositalari; - ruhiy va jismoniy qaramlikni keltirib chiqarmaydigan dori vositalari; - dori vositasini buyurish va isteʼmol qilish shifokorning doimiy kuzatuvini talab etmaydigan dori vositalari; - homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllash uchun qarshi koʼrsatmalar va ehtiyotkorlik choralari mavjud boʼlmagan dori vositalari; - uzoq muddat qoʼllanilganida kumulyativ xususiyatlarga ega boʼlmagan dori vositalari; - tarkibida keyinchalik tadqiqotlar oʼtkazish talab etiladigan faol moddalarni saqlamaydigan dori vositalari; - davolash-profilaktika muassasalarida qoʼllashga moʼljallanmagan dori vositalari; - inson organizmida jiddiy nojoʼya taʼsirlarni keltirib chiqaradigan dori vositalari bilan oʼzaro taʼsir qilmaydigan dori vositalari. Boshqa barcha dori vositalari retsept asosida beriladigan dori vositalari roʼyxatiga kiritiladi.

  • 16 Fevral, 14:51
  • Batafsil
not found

Original dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar qoʼllab-quvvatlanadi

Аdliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʼzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonun (OʼRQ-908-son, 15.02.2024 y.) qabul qilindi. Qonun bilan JSTning Xizmatlar savdosi boʼyicha bosh bitimi talablariga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va mahalliy korxonalarni davlat roʼyxatidan oʼtkazganlik uchun davlat bojining miqdori birxillashtirilgan holda BHMning 1 baravari miqdorida belgilandi. Shuningdek, milliy intellektual mulk tizimini JSTning Intellektual mulk huquqining savdo bilan bogʼliq jihatlari toʼgʼrisidagi bitimi talablariga uygʼunlashtirish maqsadida: ♦ hukumat tomonidan patent egasining ruxsatisiz undan foydalanishga ruxsat berish mumkin boʼlgan aniq holatlar hamda ularga tovon puli toʼlanishini belgilab berish; ♦ oʼzga shaxsga tegishli sanoat mulki obʼektidan (patentdan) jamoat manfaatlari uchun majburiy litsenziya asosida foydalanish huquqini olish va bunday foydalanganlik uchun patent egasiga mutanosib miqdorda tovon pulini toʼlanishiga oid alohida normalarni kiritish; ♦ patentlangan usuldan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan nizolarda isbotlash majburiyatini aniqlashtirish; ♦ insofsiz raqobat oqibatida roʼyxatga olingan tovar belgilarini bekor qilish boʼyicha daʼvo muddatini bekor qilish; ♦ mahalliy va xorijiy talabnoma topshiruvchilarga intellektual mulk obʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazishda bir xil imkoniyat yaratish, xususan, patent boji miqdorlarini norezidentlar va rezidentlar uchun birxillashtirish, shuningdek, mazkur yangi stavkalarni jismoniy va yuridik shaxslar kesimida belgilash; ♦ ixtiro va foydali modellarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishda II guruh nogironligi boʼlgan shaxslarga belgilangan patent bojining 90 foizi, taʼlim oluvchi shaxslarga, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga 30 foizi, yuridik shaxs boʼlgan kichik tadbirkorlik subʼektlariga, davlat akkreditatsiyasidan oʼtgan taʼlim tashkilotlariga va ilmiy tashkilotlarga 25 foizi miqdorida imtiyozlar berish; ♦ original dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʼllab-quvvatlash, xususan, dori vositasini yaratish jarayonida oʼtkaziladigan tadqiqotlar natijasida olinadigan klinik oldi va klinik sinovlar natijalarini himoya qilish; ♦ sanoat mulki obʼektlaridan tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda foydalanilgan holatlarda ham huquq egasiga belgilangan miqdorda tovon puli toʼlanishni koʼzda tutuvchi qoidalar kiritildi.

  • 16 Fevral, 11:58
  • Batafsil
not found

Tepki kasalligi bepushtlikka olib kelishi mumkin

Tepki (epidemiyali parotit) kasalligi oʼtkir yuqumli kasallik boʼlib, uni qoʼzgʼatuvchi viruslar havo tomchilari orqali yuqadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasi bosh mutaxassisi Xursanoy Jamalova “Daryo” muxbiriga bergan qisqacha intervyusida aytib oʼtdi. Bolajonlarimiz Milliy taqvimi asosida 1 yoshda va 6 yoshda tepkiga qarshi qizamiq parotit, qizilcha vaktsinasi bilan emlanyapti. Bular orasida emlanmagan va bundan bosh tortgan bolalar bor. Ular orasida tepki kasalligi roʼyxatga olinmoqda. Epidemiyali parotit yoki tepki, erkaklar bepushtligining sabablaridan biri hisoblanadi. Parotit asab tizimini, quloq oldi, jagʼ osti va soʼlak bezlarini shikastlaydi. Epidemiyali parotit oshqozonosti bezi va bosh miya qobiqlarining yalligʼlanishiga, kamdan kam hollarda — meningoensefalitga olib kelishi mumkin. Parotit, jinsiy sohada tez-tez qaytariladigan asoratlari bilan xavflidir: oʼgʼil bolalar va erkaklar tuxumlarining yalligʼlanishidan aziyat chekadilar, qiz bolalar va ayollar esa – tuxumdonlar shikastlanishidan va bu bepushtlikka sabab boʼlib qolishi mumkin. Quloqosti bezlarining yalligʼlanishi oqibatida u shishib ketadi. Baʼzilar egiz tuqqan ayollarga teptirish kerak deb, irim qilib uni davolamoqchi boʼladi. Bu notoʼgʼri, albatta, shifokorga murojaat qilish kerak, — deydi Xursanoy Jamalova. Mutaxassisning qoʼshimcha qilishicha, koʼplab ota-onalar tepki viruslari organizmga tushganidan keyin bu bepushtlikka olib kelishini bilmaydi. Maʼlumot uchun, Oʼzbekistonda Milliy profilaktik emlash kalendari joriy etilgan. Hozirgi vaqtda ushbu kalendarь boʼyicha 1 sutkalikdan 16 yoshgacha boʼlgan bolalar belgilangan muddatlarda 13 turdagi vaktsinalar bilan emlanadi. Unga muvofiq, yuqumli kasalliklar, jumladan, difteriya, koʼkyoʼtal, qoqshol, sil, virusli gepatit B, poliomielit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuensa tip B (XIB) infektsiyasi, bachadon boʼyni saratoniga qarshi rejali vaktsinatsiya tadbirlari oʼtkaziladi.

  • 16 Fevral, 08:59
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech