Yangiliklar

not found

Qandli diabet xavfini kamaytirish uchun qanday tezlikda yurish kerakligi aniqlandi

Xalqaro ekspertlar guruhi 2-toifa diabet xavfini kamaytirish uchun kerakli yurish tezligini aniqladi. Ish natijalari British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etildi.  Ilgari olimlar muntazam yurish 2-toifa diabet rivojlanish ehtimolini kamaytirish bilan bogʻliqligini aniqlashgan edi. Biroq, optimal yurish tezligi qanday ekanligi nomaʼlum edi. Bunga aniqlik kiritish uchun mualliflar 1999 va 2022-yillarda chop etilgan oʻnta tadqiqotni koʻrib chiqdilar. Ularda AQSH, Yaponiya va Buyuk Britaniyadan jami 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etishgan.  Tahlillar natijasida 2-toifa diabet rivojlanish xavfi soatiga uch kilometrdan kamroq masofada yurish bilan solishtirganda soatiga uch-besh kilometr tezlikda (yurishning umumiy vaqtidan qatʼiy nazar) 15 foizga kamayishi aniqlandi. Shu bilan birga, tez yurish (soatiga besh-olti kilometr) kasallik ehtimolini 24 foizga kamaytirdi. Soatiga olti kilometr tezlikda yurgan ishtirokchilarda diabetga chalinish ehtimoli 39 foizga kamaygan.  Yurish tezligining har bir kilometrga oshishi 2-toifa diabet rivojlanish xavfining 9 foizga kamaytiradi.  Shu bilan birga, erkaklar uchun soatiga 4 kilometr tezlikda daqiqada minimal qadamlar soni 87, ayollar uchun esa 100 ni tashkil qiladi.  Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bunday effekt  yuqori yurish tezligi yurak-nafas olish tizimini, mushaklar kuchini yaxshilashi, shuningdek, vaznni kamaytirishi hisobiga yuzaga keladi.

  • 5 Dekabr, 08:55
  • Batafsil
not found

Mavsumiy kasalliklar sabab oʻquv muassasalarida taʼlim jarayonini toʻxtatishga asos bormi?

Hozirda aksariyat mamlakatlar qatori Oʻzbekistonda ham mavsumiy kasalliklar tarqalishi koʻpaygan. Ayniqsa, bolalarda bu jarayon biroz ogʻir kechmoqda. Oʻzbekistonda oʻtkir respirator kasalliklar tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat qanday? SSV matbuot xizmati ushbu savol bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekovga murojaat qildi. — Gap shundaki, biz oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishi zanjirini uzishga harakat qilishimiz kerak, – deydi mutaxassis. – Kasallik tarqalishida uch muhim boʻgʻin bor: kasallik manbai, yuqish yoʻli, yuqtirishga moyil organizm. Agar kasallangan bolalarni maktabga, bogʻchaga, jamoat joylariga yuboraversak, ular boshqalarga infeksiya yuqtirishda davom etadi. Har birimiz oʻtkir respirator kasalliklar, xususan, grippni yuqtirishga moyilmiz. Shuning uchun ham ota-onalarga kasallik belgilari boʻlgan farzandlarini bogʻcha va maktablarga, oliy taʼlim muassasalariga yubormaslikni maslahat beramiz. Bunday paytda shifokor koʻrsatmasiga asosan, uy sharoitida zarur muolajalarni olib borish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, yurtimizdagi barcha yuqumli kasalliklar shifoxonalarida bemorlar uchun oʻrin va zarur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan. Aholi orasida gripp mavsumi haqida “bu — yangi pandemiya” degan mish-mishlar uchramoqda. Bu gaplar mutlaqo asossiz. Aytish kerakki, bu hatto epidemiya ham emas. Oʻtkir respirator kasalliklar tarqalishi poytaxtimizda va yurtimizning ayrim hududlarida koʻproq qayd etilayotgani kasallik tarqalishi epidemik boʻsagʻaga yetganiga asos boʻla olmaydi. Shu sababdan ham oʻquv muassasalarida taʼlim jarayonini toʻxtatishga yetarli asos koʻrmayapmiz. Hozirgi vaziyatda bizning vazifamiz: bemorlarni alohidalash, ularni jamoat joylaridan uzoqda tutish! Bemorlar muloqot chogʻida doim tibbiy niqobda boʻlishlari, ijtimoiy masofa saqlashlari, shaxsiy gigiyenaga qatʼiy amal qilishlari shart. Shuningdek, kasallikka qarshi emlanish unga qarshi kurashishning samarali usuli ekanini unutmaslik kerak! Mavsum oldidan yurtimizda grippga qarshi vaksinalarning yetarli miqdori shakllantirilgan. Ayni paytda xususiy emlash punktlarida ham grippga qarshi uch xil vaksina mavjud.

  • 4 Dekabr, 17:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech