Yangiliklar

not found

Novo Nordiskning semirishga qarshi dori savdosi 1 milliard dollardan oshdi

Taʼminotdagi qiyinchiliklarga qaramay, Wegovy yana savdo rekordlarini yangiladi. Umuman olganda, Novo Nordisk 2023 yilning ikkinchi choragida "faxrlansa arziydi", dedi kompaniyaning Shimoliy Аmerika boʼlimi rahbari Dug Langa. Birinchidan, Novo savdosi 30 foizga oshib, taxminan 15,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu "soʼnggi 20 yil ichida biz koʼrgan eng yuqori choraklik oʼsish", dedi Langa. Ushbu natijaga birinchi navbatda, GLP-1 toifasidagi dorilar, jumladan, Ozempic va Rybelsus nomli diabetga qarshi dorilar, shuningdek, kompaniyaning yangi ortiqcha vaznga qarshi Wegovy preparatiga boʼlgan talablar sababchi boʼldi. Qandli diabet va semirib ketishga qarshi dori-darmonlar savdosi uch oy davomida 37 foizga oshib, 14,6 milliard dollarga yetdi, GLP-1 diabetdan tushgan daromad esa 50 foizga oshdi, deyiladi kompaniya press-relizida. Shu bilan birga, semirishni davolash 157 foizga oʼsib, 18,1 milliard daniya kronasini tashkil etdi, shu jumladan Wegovyʼdan — 1,1 milliard dollar. Bu Wegovy chorakda birinchi marta blokbaster chegarasini bosib oʼtganini anglatadi. Dug Langaning soʼzlariga koʼra, preparatga boʼlgan talab "aql bovar qilmaydigan" darajaga yetdi. Kompaniya taʼminotni koʼpaytirish va dorining barcha besh dozasini ishlab chiqarishda davom etmoqda, deya qoʼshimcha qildi Langa. "Biroq, bizning taʼminot zanjirimizda hali ham jiddiy bosim mavjud", dedi u. Kompaniya sotishning oʼsishi kutilgan 24-30%dan 27% dan 33% gacha yetishini prognoz qilmoqda.

  • 15 Avgust, 15:21
  • Batafsil
not found

Shamollashga qarshi suvda eruvchan tabletkalar va kukunlar

Qanday hollarda ular samarali? Shamollashga qarshi kukunlar va suvda eruvchan tabletkalarning asosiy qismi shamollash va gripp belgilarini bartaraf qilishga qaratilgan: • burun oqishi, aksirish va burun bitishi;• bosh ogʼrigʼi;• mushaklar va boʼgʼimlardagi ogʼriq;• harorat koʼtarilishi;• titroq. Bunday dorilar kasallikning qoʼzgʼatuvchisi — viruslarga taʼsir qilmaydi, balki tananing kasallikga boʼlgan umumiy qarshiligini oshiradi va umumiy ahvolni yaxshilaydi. Ular viruslarga qarshi vositalarga yaxshi qoʼshimcha boʼlib xizmat qiladi. Qachon kukunlar va eruvchan tabletkalarni qabul qilmaslik kerak? Qarshi koʼrsatmalar dorining faol va yordamchi moddalari roʼyxatiga qarab belgilanadi. Bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga boʼlgan oʼta yuqori sezuvchanlikdan tashqari, quyidagi holatlarda shamollashga qarshi kukunlar va eruvchan tabletkalarni qoʼllash tavsiya etilmaydi: • oshqozon-ichak traktining eroziv - yarali kasalliklari;• qon ketish tendentsiyasi va qon ivishining buzilishi;• jigar va buyraklarning oʼtkir hamda surunkali kasalliklari;• spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilish;• qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi;• kalьtsiyning yuqori miqdori;• homiladorlik va laktatsiya;• yosh bolalar (yosh chegarasi turli boʼlishi mumkin) va boshqalar. Kofeinli preparatlar tetiklantiruvchi taʼsiri tufayli yotishdan oldin qabul qilmagan maʼqul. Tomirlarni toraytiruvchi komponenti boʼlgan vositalar gipertonik va glaukoma bilan ogʼrigan bemorlar uchun toʼgʼri kelmaydi.

  • 15 Avgust, 12:34
  • Batafsil
not found

Tibbiyot "million dollarlik qimmat dorilar davri"ga kirdi-WSJ

Dunyoda narxi millionlab dollarlarni tashkil etuvchi qimmat dori-darmonlar davri boshlanmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal. AQSh va Yevropa regulyatorlari noyob genetik kasalliklarni bir kursda davolaydigan va kamida 2 million dollar turadigan toʼrtta yangi dorini tasdiqladi. Misol uchun, CSL kompaniyasining gemofiliya B kasalligini davolashga moʼljallangan Hemgenix dori vositasining narxi rekord darajada- 3,5 mln. dollarni tashkil etdi. Bluebird kompaniyasining bolalarda kam uchraydigan nevrologik kasalliklarni davolash uchun ixtiro qilingan Skysona dorisi 3 mln. dollar turadi. Aynan shu kompaniyaning irsiy qon kasalliklarini davolovchi Zynteglo dorisi 2,8 mln. dollar turadi. McKinsey konsalting kompaniyasi maʼlumotlariga koʼra, tibbiyot bozorida bunday dorilar soni oʼsishda davom etadi va 2024 yilga kelib 30 ga yaqin yangi gen terapiya usullari joriy etilishi mumkin. "Bu moslashuvchan boʼlmagan sugʼurta tizimiga yoʼnaltirilgan innovatsion yuk poezdi" - deydi Bostonda joylashgan Klinik va iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari Stiven Pirson.- "Toʼlovchilar "yoʼq" deyish mumkin emas, chunki bemorlarda boshqa tanlov boʼlmaydi", deya qoʼshimcha qildi u. “Millionli dori vositalari” roʼyxatidagi dori vositalarining aksariyati gen terapiyasi uchun moʼljallangan boʼlib, ishlab chiqaruvchilar bunday davolanish orqali bemorlar irsiy kasalliklardan butunlay forigʼ boʼlishi yoki uzoq yillar bu kasallik haqida unutishi mumkinligini taʼkidlamoqda. Ilgari dunyodagi eng qimmat dori Shveytsariyaning Novartis kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Zolgensma dori vositasi hisoblangan. Bu dorining bitta inʼektsiyasi boladagi orqa miya mushaklari atrofiyasini davolash uchun yetarli. Narxi 2,1 mln. dollar.

  • 15 Avgust, 09:02
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech