Yangiliklar

not found

2,5 mingga yaqin dorixonada cheklangan savdo ustamasi asossiz oshirilgani aniqlandi

Isteʼmolchilardan asossiz mablagʻ olgan dorixonalarga tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi. Bu haqida Raqobat qoʻmitasi maʼlumot berdi. Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2022-yil 26-oktyabrdagi qarori asosida dori vositalari narxlarini nazorat qilish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha raqamlashtirilgan tizim joriy etilgandi. Mazkur tizim orqali chakana va ulgurji savdoda dori vositalari narxlarining asossiz oshirilishini inson omilisiz aniqlash mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, Raqobat qoʻmitasining taklifiga asosan 2026-yil mart oyidan dori vositalari referent narxlarini nazorat qilish tizimi yanada takomillashtirildi. Xususan, ulgurji savdoda dori vositalari narxi belgilangan referent narxdan yuqori qoʻllanilganda soliq organlari tomonidan hisob-fakturalarni roʻyxatga olish avtomatik toʻxtatish (validatsiya) tizimi joriy etildi. Natijada ulgurji savdoda narxlarni sunʼiy oshirish holatlarining oldi olinib, 12,5 mingdan ziyod chakana dorixonalarga dori vositalarini belgilangan referent narxdan qimmat sotilishi avtomatik ravishda oldi olinadi. Tekshiruvlar davomida 2,5 mingga yaqin dorixona tomonidan 686 mingga yaqin holatda cheklangan savdo ustamasi 10 foizdan 3 barobargacha oshirib qoʻllangani aniqlanib, isteʼmolchilardan asossiz ravishda 21,1 mlrd soʻm mablagʻ olingani aniqlangan va qaytarish yuzasidan tegishli choralar koʻrilgan. Xususan, 2026-yilning birinchi choragida 190 dan ortiq dorixonada 110,5 mingga yaqin holatda 1,4 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ asossiz olingani qayd etilgan.

  • 21 May, 12:00
  • Batafsil
not found

Dorixonalarda dori vositalari qanday tayyorlanadi?

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga  koʼra, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash uchun tegishli litsenziyaga ega boʼlgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Dori vositalari Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan qoʼllanishi ruxsat etilgan dori moddalaridan (substantsiyalardan) tayyorlanadi va sanitariya normalari, talablari va gigienik normativlarga javob beradigan sharoitlarda amalga oshiriladi. Hujjat bilan dorixonalarda: ➖ inʼektsion va infuzion dori vositalari; ➖ yangi tugʼilgan chaqaloqlar va 1 yoshga toʼlmagan bolalarni davolash uchun moʼljallangan dori vositalari; ➖ antibiotiklar; ➖oftalьmologik dori vositalari;➖ suyuq dori vositalari: suspenziyalar, tomiziladigan vositalar va boshqalar;➖ surtma dorilar;➖ qattiq (kukun shaklidagi) dori vositalari;➖ tibbiy buyumlar tayyorlanadi. Dorixonalar tayyorlaydigan dori vositalarining sifat nazoratini ichki dorixona nazorati sohasida tegishli professional bilimga ega boʼlgan farmatsevt amalga oshiradi.   Kimyoviy nazorat oʼtkazish uchun dorixonada barcha zarur uskunalar, asboblar va reaktivlar mavjud boʼlgan maxsus ish joyi jihozlangan boʼlishi kerak. Dori vositalari tayyorlanishi toʼgʼrisidagi barcha yozuvlar maxsus jurnalga qayd etiladi. U yozma yoki elektron shaklda yuritiladi. Tayyorlangan dori vositalari sotish oldidan ham nazoratdan oʼtkaziladi, quyidagilarga muvofiqligi tekshiriladi: a) dori vositasi oʼramining uning tarkibiga kiruvchi dori moddalarining fizikaviy-kimyoviy xossalariga mosligi;b) retsept, talabnoma rekvizitlarining tayyorlangan dori vositasining oʼrovida koʼrsatilgan maʼlumotlarga mosligi;v) tayyorlanadigan dori vositalarini rasmiylashtirish talablariga mosligi. Biron-bir nomuvofiqlik aniqlanganda tayyorlangan dori vositasi sotilishiga yoʼl qoʼyilmaydi.  

  • 20 May, 15:30
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech