Yangiliklar

not found

2025-yilgi budjet loyihasi: Qaysi vazirlik va idoraga qancha mablag‘ yo‘naltiriladi?

29-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatning 18 ta vazirligiga jami 195 trln 763 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda. Ro‘yxatda uchta vazirlik — Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha alohida ma’lumot berilmagan bo‘lib, bu ma’lumot an’anaviy ravishda boshqa tashkilotlar oladigan jami mablag‘ga qo‘shib ko‘rsatilgan. 2025-yilda boshqa tashkilotlarga jami 49 trln 989 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda. Vazirliklarga ajratiladigan mablag‘ miqdori quyidagicha (mlrd so‘mdan kichik miqdorlar yaxlitlangan): Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — 95 trln 920 mlrd so‘m (vazirlik xarajatlari kesimida juda ko‘plab ijtimoiy xarajatlar, tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish, joriy va boshqa xarajatlar o‘rin olgan); Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga — 59 trln 464 mlrd so‘m; Suv xo‘jaligi vazirligiga — 10 trln 410 mlrd so‘m; Transport vazirligiga — 6 trln 714 mlrd so‘m; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga — 6 trln 280 mlrd so‘m; Sog‘liqni saqlash vazirligiga — 5 trln 94 mlrd so‘m; Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga — 1 trln 992 mlrd so‘m; Qishloq xo‘jaligi vazirligiga — 1 trln 794 mlrd so‘m; Madaniyat vazirligiga — 1 trln 172 mlrd so‘m; Sport vazirligiga — 1 trln 135 mlrd so‘m; Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga — 1 trln 116 mlrd so‘m; Tashqi ishlar vazirligiga — 1 trln 27 mlrd so‘m; Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga — 1 trln 9 mlrd so‘m; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga — 927 mlrd so‘m; Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga — 733 mlrd so‘m; Raqamli texnologiyalar vazirligiga — 532 mlrd so‘m; Adliya vazirligiga — 322 mlrd so‘m; Energetika vazirligiga — 123 mlrd so‘m; Boshqa davlat idoralariga ajratiladigan mablag‘ miqdori quyidagicha: Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga — 21 trln 139 mlrd so‘m. Bosh prokuraturaga — 2 trln 732 mlrd so‘m. Vazirlar Mahkamasiga — 2 trln 184 mlrd so‘m. Oliy sudga — 1 trln 804 mlrd so‘m. Prezident administratsiyasiga — 1 trln 673 mlrd so‘m. Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga — 1 trln 277 mlrd so‘m. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga — 881 mlrd so‘m. Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga — 686 mlrd so‘m. Yoshlar ishlari agentligiga — 456 mlrd so‘m. Fanlar akademiyasiga — 447 mlrd so‘m. Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 350 mlrd so‘m. Prezident huzuridagi Statistika agentligiga — 239 mlrd so‘m. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga — 179 mlrd so‘m. Madaniy meros agentligiga — 177 mlrd so‘m. Davlat soliq qo‘mitasiga — 169 mlrd so‘m. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga — 164 mlrd so‘m. Badiiy akademiyaga — 160 mlrd so‘m. Oliy Majlis Senatiga — 127 mlrd so‘m. Hisob palatasiga — 116 mlrd so‘m. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga — 106 mlrd so‘m. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga — 96 mlrd so‘m. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga — 75 mlrd so‘m. Sudyalar Oliy kengashiga — 54 mlrd so‘m. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligiga — 44 mlrd so‘m. O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga — 41 mlrd so‘m. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga — 33 mlrd so‘m. Markaziy saylov komissiyasiga — 29 mlrd so‘m. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga — 29 mlrd so‘m. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga — 28 mlrd so‘m. Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga — 20 mlrd so‘m. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsman) — 19 mlrd so‘m. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga — 16 mlrd so‘m. Konstitutsiyaviy sudga — 13 mlrd so‘m. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga — 13 mlrd so‘m. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga — 12 mlrd so‘m. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga — 11 mlrd so‘m. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga — 9 mlrd so‘m. Milliy antidoping agentligiga — 9 mlrd so‘m. Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmani) — 3 mlrd so‘m. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga — 3 mlrd so‘m. “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasiga — 0,84 mlrd so‘m.

  • 31 Oktyabr, 11:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech