News

not found

JSST Hindistonda ishlab chiqarilgan yana bir yoʼtal siropidan ogohlantirdi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti Marshall orollari va Mikroneziyada Hindistonda ishlab chiqarilgan xavfli yoʼtal siropi yuki topilganini maʼlum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi. JSST Panjob QP Pharmachem Ltd tomonidan ishlab chiqarilgan Guaifenesin TG siropining sinovdan oʼtkazilgan namunalarida “qabul qilib boʼlmaydigan miqdorda dietilen glikol va etilen glikol” borligini taʼkidladi. Sirop tarkibidagi ikkala birikma ham odamlar uchun zaharli va isteʼmol qilingan taqdirda oʼlimga olib kelishi mumkin. JSST bayonotida kimdir preparat oqibatida kasal boʼlgan-boʼlmaganiga aniqlik kiritilmagan. QP Pharmachem Ltd boshqaruv direktori Sudhir Pazakning aytishicha, kompaniya barcha tartibga soluvchi ruxsatlarni olgandan keyin 18 346 ta sirop partiyasini Kambodjaga eksport qilgan. U mazkur mahsulot Marshall orollari va Mikroneziyaga qanday yetib kelganini bilmasligini aytdi. JSST bayonotida aytilishicha, koʼkrak qafasidagi yoʼtal alomatlarini yoʼqotish uchun ishlatiladigan mahsulot Аvstraliya dori vositalari boshqarmasi, Terapevtik tovarlar boshqarmasi tomonidan sinovdan oʼtgan. Sirop Haryana shtatida joylashgan Trillium Pharma tomonidan sotilgan. Trillium vakili va Hindiston hukumati mazkur xabarga munosabat bildirmagan. “Na koʼrsatilgan ishlab chiqaruvchi, na sotuvchi JSSTga ushbu mahsulotlarning xavfsizligi va sifati boʼyicha kafolat bermagan”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

  • 3 May, 11:07
  • Read more
not found

YUNISEF: Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan

Tadqiqotlarga koʼra, vaktsinalar yiliga oʼrtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Аgar emlash vositalari tanqisligi muammosi bartaraf etilsa, 2030 yilga borib, bu koʼrsatkich yana 30 foizga oshishi mumkin. Biroq oxirgi yillar, xususan, pandemiya davrida dunyo boʼyicha aholining vaktsinalarga boʼlgan ishonchi pasayib borayotgani xavotirli holat. YuNICEF tomonidan eʼlon qilingan soʼnggi hisobot ushbu muammo tahliliga bagʼishlandi. Qayd etilishicha, ijtimoiy soʼrovda ishtirok etgan 55 davlatdan 52 tasida uch yil ichida bolalarni emlashga nisbatan jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan. Hindiston, Vьetnam, Xitoy davlatlarida immunizatsiyaning ahamiyatini yuqori, Yaponiya, Janubiy Koreya va Papua-Yangi Gvineyada esa aksincha past baholashgan. Yevropa davlatlari oʼrtasida Portugaliya, Shvetsiya va Irlandiya aholisining vaktsinalarga ishonchi baland. Xorvatiya, Latviya va Rossiyada esa buning aksi kuzatilgan. Shunga qaramay, bolajonlarimiz sogʼligi uchun vaktsinalar zarur, deb hisoblovchilar qatlami 80 foizdan yuqori boʼlib chiqdi. Hisobotda keltirilishicha, 2019-2021 yillar davomida 48 million nafar oʼgʼil-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsina olmagan. 19 million bola esa toʼliq bosqichda emlanmagan. Bu, turli epidemiyalar, masalan, 2021-2022 yillarda qizamiq bilan kasallanish koʼrsatkichlari ikki baravar koʼpayishiga sabab boʼldi. Qolaversa, ekspertlar bemorlar soni ortishi Аfrika va Janubiy Osiyoda vaktsinalar taqchilligi muammosi bilan ham bogʼliq, degan xulosada.

  • 3 May, 09:29
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech