Yangiliklar

not found

Infografika: 2017–2024 yillarda O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining rivojlanishi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tayyorlangan infografikada Oʼzbekistondagi farmatsevtika sanoatining soʼnggi 8 yildagi rivojlanish dinamikasi aks ettirildi.  So‘nggi sakkiz yil mobaynida O‘zbekistonda farmatsevtika sanoati jadal sur’atlarda rivojlanib, milliy iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega sohalari qatorida mustahkam o‘rin egalladi. 2017–2024 yillar davomida sohani kompleks rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,9 baravarga o‘sib, 2024 yil yakunida 4,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘sish, avvalo, milliy dasturlar doirasida amalga oshirilgan islohotlar va investitsiya faolligining ortishi bilan bog‘liqdir. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar soni 2017 yildagi 146 tadan 2024 yilda 195 taga yetdi. Ulardan 54 tasi dori-darmon vositalari, 38 tasi tibbiy uskunalar, 103 tasi esa tibbiy buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining yaratilishi va mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish orqali sohaning ichki ehtiyojlarni qondirish salohiyati sezilarli darajada oshdi. 2017–2024 yillar davomida farmatsevtika sohasiga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi 3,6 baravarga o‘sib, 2024 yilda 185 mln dollarni tashkil etdi. Buning katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari hisobiga to‘g‘ri keladi. Xususan, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, xalqaro standartlarni joriy etish va sifat nazorati tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Eksport salohiyati ham sezilarli darajada kengaydi. Agar 2017 yilda farmatsevtika mahsulotlari eksporti 7,3 mln doll. atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 2,7 baravarga oshib, 20 million dollarga yetdi. Xalqaro hamkorlik geografiyasi kengayib, Germaniya, Rossiya va Qozog‘iston asosiy hamkor davlatlar sifatida shakllandi. Bunday aloqalar o‘zbek mahsulotlarining tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamladi. Ishlab chiqarishda sifat va xavfsizlikka bo‘lgan talablarning ortgani sharoitida GMP (Good Manufacturing Practice) va boshqa xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. 2020 yilda 10 ta korxona GMP talablariga javob bergan bo‘lsa, 2024 yilda ular soni 54 taga yetdi. Shuningdek, ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatlangan korxonalar soni 74 foizga o‘sib, 59 taga yetdi. Umuman olganda, farmatsevtika sanoati O‘zbekistonda texnologik jihatdan ilg‘or, investitsiyaviy jozibador va eksportbop sohalardan biriga aylanmoqda. Hukumat bu yo‘nalishdagi islohotlarni izchil davom ettirib, farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, eksportni rag‘batlantirish va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

  • 26 Avgust, 17:00
  • Batafsil
not found

АQSh olimlari autizmni davolash uchun yangi dorini kashf etdi

АQSh Stenford tibbiyot universiteti tadqiqotchilari autizmni davolashda katta yutuqlarga erishdi. Ular atigi bir doza bilan autizm alomatlarini bartaraf etadigan yangi dori vositasini kashf etgan. Science Advances jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotda, sichqonlarda autizm spektrining buzilishini (PAC) oʼrganish natijasida, tadqiqotchilar talamusning sensor maʼlumotlarni qayta ishlash uchun masʼul boʼlgan retikulyar yadrosidagi giperaktivlik autistik xatti-harakatlar bilan bogʼliqligini aniqladi. Olimlar sichqonlarga uliksakaltamid nomi bilan ham maʼlum boʼlgan Z944 preparatini, epilepsiyani davolashda qoʼllanilishi mumkin boʼlgan vositani — yuborishdi. Tajriba natijalari hayratlanarli boʼldi: preparat miyadagi ushbu faol sohaning faoliyatini susaytirdi va autizm alomatlarini bartaraf etdi. "Olimlar aniqlashicha, preparatni sichqonlarga bir marta yuborishning oʼziyoq autizm bilan bogʼliq bir qator belgilarni bartaraf etadi. Bular qatoriga yorugʼlik va ovozga nisbatan ortiqcha sezuvchanlik, oʼzini oʼzi stimulyatsiya qilish, takroriy harakatlar, ijtimoiy muammolar hamda tutqanoq xavfining oshishi kiradi."-deyiladi maqolada. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, epilepsiya va autizmni nazorat qiluvchi miyadagi jarayonlar oʼzaro bogʼliq boʼlishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, autizmli insonlarda epilepsiya rivojlanish xavfi umumiy aholiga nisbatan 30 barobar yuqori. Bu holat vaqt oʼtishi bilan kognitiv funktsiyalarni yomonlashtirishi, nutq va ijtimoiy koʼnikmalarning orqaga ketishiga olib kelishi mumkin. Olimlar taʼkidlashicha, Z944 preparati kelajakda ham autizm, ham epilepsiyani davolashda qoʼllanilishi mumkin. Biroq, bu dori hozircha keng omma uchun foydalanishga tayyor emas — u haligacha epilepsiya boʼyicha klinik sinovlardan oʼtmoqda. Shuningdek, bu preparat odamlarda qanday natija berishi hozircha nomaʼlum.

  • 26 Avgust, 13:00
  • Batafsil
not found

Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish jarayonlari takomillashtiriladi

“Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF–137-son, 19.08.2025 y.) qabul qilindi. Farmonga koʼra, 2026 yil 1 yanvardan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning muomalasi quyidagicha tartibda amalga oshiriladi: - tibbiy buyum va tibbiy texnikalar tibbiy jihozlar sifatida davlat roʼyxatidan oʼtkaziladi; - tibbiy jihozlar inson hayoti bilan bogʼliq boʼlgan ehtimoli yuqori xavflarni hisobga olgan holda 4 ta xavfsizlik darajasiga koʼra tasniflanadi; - tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat roʼyxatidan oʼtkaziladi. ✅ Shuningdek, dori vositalari va tibbiy jihozlar uchun muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda quyidagilar talab qilinadi: ▪️ dori vositalari uchun – 2027 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchining dori vositalari turiga “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP” milliy sertifikati; ▪️ tibbiy jihozlar uchun – 2027 yil 1 iyuldan ishlab chiqaruvchining “ISO: 13485” milliy standartiga muvofiqlik sertifikati. Farmonga koʼra, 2026 yil 1 yanvardan: ➖ mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar dori vositalarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish va roʼyxatdan oʼtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP” milliy sertifikatiga ega boʼlishi talab etiladi; ➖ dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish natijalariga koʼra mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati 5 yil boʼlgan roʼyxatdan oʼtkazilganlik guvohnomasi beriladi. Bunda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ilgari muddatsiz berilgan roʼyxatdan oʼtkazilganlik guvohnomalarining amal qilish muddati mazkur Farmon kuchga kirgan sanadan eʼtiboran 5 yil etib belgilanadi; ???? dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish ularning huquq egasining buyurtmasi asosida tegishli litsenziyaga ega boʼlgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan shartnoma orqali amalga oshirilishi mumkin; ???? tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinib, ushbu faoliyat vakolatli organni xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.

  • 26 Avgust, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech