Yangiliklar

not found

Xitoyning "The United Laboratories" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi tijorat ishlari bo‘yicha direktori Ramil Abdulov, "Navoiy Dori-Darmon" AJ Boshqaruv raisi G‘ulom Orziyev "The United Laboratories" kompaniyasi bosh direktori janob Vu Shuting, tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i Karmen Yan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida Ramil Abdulov "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyaning faoliyati, imkoniyatlari, ishlab chiqarish korxonalari, Respublika bo‘yicha mavjud dorixonalar tarmog‘i, ko‘chma dorixonalari va O‘zbekiston farmatsevtika bozoridagi o‘rni haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. O‘z o‘rnida mehmonlar ham "The United Laboratories " farmatsevtika mahsulotlarini tadqiq qilish, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi Xitoyning yetakchi integratsiyalashgan farmatsevtika kompaniyalari qatoriga kirishini ta’kidladi. Kompaniya tomonidan 70 dan ortiq tayyor mahsulotlar, jumladan kimyoviy preparatlar, biologik mahsulotlar, shuningdek, gipoglikemik dorilar, infeksiyaga qarshi, yo‘talga qarshi dorilar, analgetiklar, antibiotiklar, dermatologik dorilar , gepatitga qarshi dori vositalari, oftalmologik va nevrologik preparatlar, yurak-qon tomir kasalliklari uchun dori vositalari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining GMP standartlariga javob beradi. The United Laboratories hozirda yettita ishlab chiqarish bazasiga ega, 80 ga yaqin mamlakat va mintaqalarda savdo tarmoqlari mavjud. Uchrashuv davomida Xitoy ishlab chiqaruvchisi kompaniya mahsulotlarini "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasining dorixonalar tarmog‘i orqali sotishga qiziqish bildirdi, ikki tomon O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga kirish, talab va ehtiyojlar, dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa masalalar yuzasida fikr almashdi. Shuningdek, "Navoiy Dori-Darmon" AJ tarkibidagi “Avitsenna” galen dori vositalari ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatiga investitsiya kiritish yuzasidan ham munozalar olib borildi. Uchrashuv yakunida, tomonlar aloqalarni mustahkamlash hamda kompaniya vakillarini The United Laboratories faoliyati bilan yaqindan tanishishlari uchun Xitoyga tashrifini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

  • 17 Mart, 10:13
  • Batafsil
not found

Oʼrgimchak zaharidagi purotoksinlar asosida ogʼriq qoldiruvchi vosita ishlab chiqildi

«Анальгетики будущего» kompaniyasi Thomisus onustus nomli oʼrgimchak zaharidan olingan moddaga asoslangan innovatsion ogʼriq qoldiruvchi vositaning klinikadan oldingi sinovlarini yakunladi. Preparat purotoksin-6 (PT6 yoki FA006) deb nomlandi. Bozorga kirishning taxminiy sanasi 2029 yil boʼlib, neyropatik ogʼriqli 8 milliondan ortiq bemorni qamrab olishi mumkin. Purotoksin maxsus ogʼriq retseptorlarini ( P2X3) bloklaydi. P2X3 osteoartrit, sistit, trigeminal nevralgiya va migren, shuningdek, surunkali yoʼtal kabi holatlarda ogʼriqning rivojlanishida asosiy rol oʼynaydi. Hozirgi vaqtda P2X3 retseptorlariga taʼsir qiluvchi faqat bitta dori mavjud boʼlib, u Yevropa Ittifoqi, Shveytsariya va Yaponiyada roʼyxatga olingan. Biroq, bu dori taʼm sezgilarining buzilishi (disgeuziya) bilan bogʼliq yon taʼsirga ega. "Purotoksin-6 P2X3 retseptorlariga samarali taʼsir qiladi. Biz buni koʼplab sinovlarda koʼrdik - izolyatsiya qilingan sensorli neyronlarda, rekombinant retseptorlarda, shuningdek, genetik jihatdan oʼzgartirilgan sichqonlari yordamida. Muhimi, FA006 disgeuziyaga olib kelmaydi, yaʼni uning nojuya taʼsirlari yoʼq."- deydi kompaniya asoschisi, tadqiqot rahbari Aleksandr Vasilevskiy. Ogʼriq qoldiruvchi vosita teri ostiga inʼektsiya uchun eritma boʼlib, koʼp dozalash uchun shpritsli qalam shaklida chiqariladi. Tibbiyotda innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi davolanishga yondashuvlarni oʼzgartirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim rol oʼynaydi. Xususan, analgeziklarning yangi sinfini ishlab chiqish yon taʼsirlarni minimallashtirish bilan birga davolash samaradorligini oshiradi."- deydi mutaxassislar. «Анальгетики будущего» FA006 ning klinikagacha boʼlgan barcha tadqiqotlarini yakunladi. Tadqiqot natijalari nufuzli Molecular Therapy jurnalida chop etilgan. Mutaxassislar hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda FA006 koʼpchilik peptid birikmalariga xos boʼlmagan, taʼsir qilish muddatining uzoq va barqarorligini, samaraliroq, qulayroq va yuqori xavfsizlikni koʼrsatganligini taʼkidladi. Rezident 2025 yilda klinik sinovlarni boshlashni rejalashtirmoqda. Agar sinovlar muvaffaqiyatli boʼlsa, bozorda nojoʼya taʼsir koʼrsatmaydigan, hamda barcha mavjudlaridan tuzilishi va harakat mexanizmi bilan farq qiladigan analgetik paydo boʼladi.

  • 14 Mart, 11:56
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech