Yangiliklar

not found

“Dori-Darmon” va “Farmasintez” kompaniylari hamkorlik masalasida uchrashuv o‘tkazdi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tijorat direktori Ramil Abdulov "Farmasintez" kompaniyasining eksport bo‘limi boshlig‘i Voskoboy Eduard bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zafar Umarov, “O‘zbekiston Dori ta’minoti” MCHJ direktori Alisher Tashov, “Farmasintez” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Erkin Xodjaniyozov ishtirok etishdi. Uchrashuvda “Dori-Darmon” va Rossiyaning “Farmasintez” kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, “Farmasintez” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalarini yetkazib berish sohasida munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. “Dori-Darmon” AK O‘zbekiston aholisiga ijtimoiy ahamiyatga dori vositalarini yetkazib beruvchi asosiy yirik kompaniyalardan hisoblanadi. “Farmasintez” kompaniyalar guruhi esa Rossiyadagi eng yirik ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari ishlab chiqaruvchilardan biridir. Kompaniyaning dori vositalari sil, OIV, onkologiya, diabet va gepatit kabi asosiy terapevtik sohalarda qo‘llaniladi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarining 80% dan ortig‘i hayotiy va zaruriy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan. Kompaniyaning barcha ishlab chiqarish maydonchalari ishlab chiqarishni tashkil etish va GMP sifatini nazorat qilishning eng yuqori talablariga javob beradi. Bu ishlab chiqarilgan dori vositalarining doimiy yuqori sifati va samaradorligini kafolatlaydi. “Dori-Darmon” va “Farmasintez” kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik aholini zarur ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

  • 20 Yanvar, 11:51
  • Batafsil
not found

Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi

“Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3600, 17.01.2025 y.) Nizomga ko‘ra, dori vositalarining klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining Farmakologiya qo‘mitasi tavsiyasiga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat olib boruvchi Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilinadi. Dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish Hukumat qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Quyidagi dori vositalari klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, jumladan: ♦ "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP" talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish talab etilmaydigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari; ♦ mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xavfsizligi va samaradorligi referens preparatdan qolishmasligi klinik oldi tadqiqotlarida isbotlangan jenerik dori vositalari va galen preparatlari; ♦  bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqilgan, tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalari.

  • 20 Yanvar, 09:48
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech