News

not found

Аksiya: “Zoʼravonlikka qarshi 16 kun!”

1981 yildan buyon dunyo boʼylab faol ayollar 25 noyabrni Zoʼravonlikka qarshi kurash kuni sifatida nishonlab keladi. 1999 yil 17 dekabrda esa BMT Bosh Аssambleyasi rezolyutsiyasi bilan shu sana Xalqaro ayollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni deb eʼlon qilindi. 2014 yilda BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zoʼravonlikka qarshi 16 kun” aktsiyasi oʼtkaziladi, shu jumladan bu tadbir Oʼzbekistonda ham keng miqyosda amalga oshirilyapti. Xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikka qarshi global kampaniya jahondagi 187 ta davlatda oʼtkazilib, 6 mingdan ziyod tashkilotlar va 300 milliondan ortiq kishi qamrab olinganligini alohida aytish zarur.       Bunga sabab, gender zoʼravonlik geografik, ijtimoiy yoki iqtisodiy chegarani bilmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham, rivojlangan davlatlarda ham ushbu muammo mavjud. BMT maʼlumotiga koʼra, 15 yoshdan oshgan har uchinchi ayol hayoti davomida kamida bir marta jismoniy yoki jinsiy zoʼravonlikka uchrar ekan. Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash va ularni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish borasida mamlakatimizda ham keng koʼlamli ishlar tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda. Xususan, 2019 yilda qabul qilingan «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuni, 2021 yilda qabul qilingan «Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Prezident qarori hamda «Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori ushbu yoʼnalishdagi tadbirlarda muhim huquqiy asos boʼlib kelayapti.      Maʼlumotlarga koʼra, joriy yilning oʼtgan 9 oyi davomida tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangani uchun 38 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderlari berilgan. Ularning 21,5 mingdan ortigʼi ruhiy zoʼravonlik, 9 ming 804 tasi jismoniy zoʼravonlik, 378 tasi iqtisodiy zoʼravonlik, 42 tasi jinsiy zoʼravonlik hamda 7 mingdan ortigʼi tazyiq holatlariga uchragan. Olib borilgan choralar natijasida 18 ming 839 oila yarashtirilgan, 428 mingga yaqin ishsiz yordamga muhtoj ayollar roʼyxati shakllantirilgan, 6,5 ming ayol ishga joylashtirilgan. 89 ming 400 nafar ayolga tibbiy yordam koʼrsatilgan. Xotin-qizlarni turli tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish maqsadida ishga tushirilgan 1259 ishonch telefoni orqali 10 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.     Аyolga qoʼl koʼtarish, kuch ishlatish aslida kuchsizlarning ishi. Аmmo buni anglamagan ayrim kimsalar ojiza qatlam vakilalariga zoʼravonligini koʼrsatishga urinishadi. Bu kabi holatlar nafaqat xotin-qizlarning ruhiyatiga, balki tazyiq va zoʼravonlik holatlari mavjud boʼlgan oilada ulgʼayayotgan farzandlarning ruhiyatiga ham, tarbiyasiga ham oʼzining salbiy taʼsirini koʼrsatishi shubhasiz. Bunday oilada oʼsib-ulgʼayayotgan bolalar oʼziga ishonchsiz, qatʼiyatsiz boʼlib qolishi, jamiyatda oʼz oʼrnini topishida qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Shunday ekan, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik, tahdid va tajovuz holatlarini bartaraf etish, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga muntazam eʼtibor qaratish lozim. Аyoli baxtli jamiyat esa tinch va farovon boʼladi

  • 9 December, 16:31
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech