Qizdiruvchi malhamlarni qachon qoʻllash mumkin emas?
Qizdiruvchi malhamlar surunkali mushak ogʻrigʻi va boʻgʻin kasalliklarini kompleks davolashda qoʻllaniladi. Shuningdek, boʻgʻimlarning yalligʻlanishi, artroz, osteoxondroz, radikulit, umurtqa disk churrasi va boshqa kasalliklarda, koʻkarishlar, pay uzilishi, oyoq qayrilib ketgan vaqtda buyuriladi.
Sportchilar mushaklarni qizdirish uchun ishlatishadi - bu choʻzilish va jarohatlarning profilaktikasi uchun yaxshi. Va mashgʻulotdan soʻng, bunday malham mushaklarning kuchlanishini bartaraf etishga yordam beradi. Baʼzi qizdiruvchi malhamlar terapevtik massaj uchun ishlatiladi.
Qizdiruvchi malhamlarni qachon ishlatmaslik kerak?
Qizdiruvchi malhamlar qon tomirlarini kengaytiradi va mikrotsirkulyatsiyani oshiradi. Shuning uchun bunday mazlarni shikastlanishdan, shish va gematoma paydo boʻlgandan keyin darhol qoʻllash mumkin emas - ular malhamni qoʻllashdan koʻpayishi mumkin, yumshoq toʻqimalarning tiklash jarayonlarini esa sekinlashtiradi.
Qizdiruvchi malhamlardan taʼsirchan teri egalari foydalanishi mumkin emas, shuningdek yaralar va boshqa teri kasalliklari, allergik reaksiyalar mavjud boʻlganda qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Qoʻllashdan oldin terining kichik joyiga mazni surtib, reaksiya berish-bermasligini kuzatish tavsiya etiladi.