Yangiliklar

not found

Talaba boʼlish istagida boʼlgan xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʼmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʼyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʼlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʼlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʼmitasining tavsiyanomasiga ega boʼlishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ oʼrta maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha mutaxassislikka ega boʼlishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖oʼrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʼyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʼlishi. Talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʼyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʼchirma;➖ oʼrta-maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha diplom. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʼrnatilgan tartibda 1-7 iyun kunlari koʼrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʼgʼrisida xulosa qabul qilinadi. 2022/2023 oʼquv yilida tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2023-2024 yillar uchun ham amal qiladi.

  • 17 May, 09:01
  • Batafsil
not found

Qaysi mamlakatlarda shifokorlar va hamshiralar koʼp?

JSSTning soʼnggi maʼlumotlari asosida shakllangan aholining umumiy soni, shuningdek, 1000 nafariga toʼgʼri keladigan shifokorlar, hamshiralar va doyalar soni boʼyicha yetakchi oʼrinda turadigan davlatlarga toʼxtalamiz. Shifokorlar (Bu jadvalda har bir million kishiga toʼgʼri keladigan shifokorlarning umumiy soni boʼyicha yetakchi davlatlar keltirilgan) Soʼnggi 15 yil ichida Xitoy malakali shifokorlar sonini ikki baravarga oshirdi. Chin mamlakati xalq salomatligi tabiiy resurslar va yuqori texnologiyali korxonalar kabi bir xil resurs ekanligini yaxshi biladi.Yalpi ichki mahsuloti tarkibida tibbiyotga sarflanadigan mablagʼlar dunyodagi eng yuqori koʼrsatkichlarga ega boʼlgan АQShda taxminan xuddi shu davrda shifokorlar soni 7,5 foizga oʼsdi.Rossiyada 2010 yildan beri mutaxassislar soni 22 foizga kamaydi. “Rosstat”ning soʼnggi maʼlumotlariga koʼra, umuman olganda, Rossiyada 100 000 aholiga oʼrtacha 506 shifokor va hamshira toʼgʼri keladi. Shifokorlarning taʼmin etilganligi (Bu jadvalda 1000 kishi aholi jon boshiga toʼgʼri keladigan shifokorlar soni boʼyicha yetakchi davlatlar koʼrsatilgan) Tibbiy turizm boʼyicha dunyodagi asosiy markazlardan biri hisoblanadigan Kuba davlati yuqori sifatli va arzon tibbiy xizmatlar koʼrsatish imkoniyatini nafaqat Lotin Аmerikasidagi davlatlarga taqdim etadi, balki ular uchun mafkuraviy jihatdan begona sanaladigan АQShdagi bemorlarni ham oʼziga jalb qiladi.Sobiq sotsialistik blokning yana ikki davlati - Vengriya va Gruziya dunyoning kuchli davlatlar oʼntaligiga kirdi.Rossiya, agar 2010 yilgi darajasini saqlab qolganida, 12-oʼrinni egallagan boʼlardi (koʼrsatkich 1000 kishiga 5,0). Hozirda bu koʼrsatkich 3,8 ni tashkil etadi. Har holda bu son Frantsiya (3,3), Buyuk Britaniya (3,0), АQSh (2,6), Yaponiya (2,5), Kanada (2,4) va Xitoy (2,2) kabi mamlakatlardagidan yuqoriroq.Baʼzi mamlakatlarda, masalan, tugʼilish darajasi eng yuqori boʼlgan Nigerda ushbu koʼrsatkich taxminan 0,1 ga teng. Hamshiralar va akusherlar(Jadvalda bir million kishiga toʼgʼri keladigan hamshiralar va akusherlarning umumiy soni boʼyicha yetakchi davlatlar koʼrsatilgan) Oxirgi 15 yil davomida Xitoyda oʼrta tibbiyot xodimlar soni 3,3 barobarga oshdi. Soʼnggi 8 yillik kuzatuvlar Аmerikada ham hamshiralar va doyalar soni deyarli 30 foizga koʼpayganini aniqlab berdi.Rossiyada eng yuqori choʼqqiga 2014 yilda erishilgan (1,9 million), keyingi dinamika raqamlar 2 martaga pasaygani haqida gapirilmoqda.(1000 aholiga toʼgʼri keladigan hamshiralar va doyalar soni boʼyicha yetakchi davlatlar nisbiy koʼrsatkichi) Xitoyda hozirgi kunda hamshiralar va akusherlar soni 1000 kishi aholiga 3,1 xodimni tashkil qilib, oʼsish davom etyapti.Аgar Rossiya 2014 yilgi raqamni saqlab qolganida edi, oʼzining 13,2 koʼrsatkichi bilan dunyoda 11-oʼrinni egallagan boʼlardi. Biroq, tarix istak maylini bilmaydi va hozirda mamlakat 6,2 darajaga tushdi.Bu nafaqat Yevropa Ittifoqining koʼplab mamlakatlari, balki sobiq SSSRning ayrim respublikalaridan ham past. Masalan, Oʼzbekistonda ming kishi hissasiga 11,3, Belarusda 11,0, Litvada 10,1, Estoniyada 6,6 oʼrta tibbiyot xodimlari toʼgʼri keladi.

  • 16 May, 08:57
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech