14:18 (21.11.2022)

2917

"Sirdaryo Dori-Darmon"ga qarashli 11 ta dorixona Reimbursatsiya dasturiga ulandi

Reimbursatsiya – inglizcha soʼz boʼlib,“xarajatlarni qoplash” maʼnosini anglatadi – bu aholini dori vositalari bilan taʼminlash hisoblanib, alohida surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan buyurilgan dori vositalari xarajatlarini maqsadli kompensatsiya qilishni nazarda tutadi. Bu dastur bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonadan dori vositalarini bepul olish imkonini beradi. 

"Sirdaryo Dori-Darmon" MChJga qarashli 11 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya dasturiga ulandi. Bular: 

  • Guliston shahrida joylashgan 1 dorixona va 61 shoxobcha,
  • Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasida faoliyat koʼrsatuvchi 88-shoxobcha,
  • Sirdaryo shahrida joylashgan 79-shoxobcha,
  • Sayxunobod tumani, Sayxun qoʼrgʼonida faoliyat yuritadigan 2-dorixona,
  • Yangier shahrida joylashgan 105-shoxobcha,
  • Boyovut tumani, tuman tibbiyot birlashmasida joylashgan 97-shoxobcha,
  • Sardoba tumani Paxtaobod shaharchasidagi 37- shoxobcha,
  • Oq-oltin tumani, Sardoba shaharchasi, tuman tibbiyot birlashmasida joylashgan 70-shoxobcha,
  • Shirin shahrida faoliyat koʼrsatuvchi 8-dorixona,
  • Mirzaobod tumani,Navroʼz shaharchasida faoliyat koʼrsatuvchi 75-shoxobcha.

 Reimbursatsiya tizimi doirasida quyidagi surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda qabul qilinadigan 11 turdagi dori vositalari uchun dorixonalar xarajatlari Davlat tibbiy sugʼurtasi tomonidan qoplanadi:

 - arterial gipertoniya kasalligi;

 - yurak ishemik kasalligi;

 - qandli diabetning ikkinchi turi;

 - bronxial astma;

 - oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalligi. 

Reimbursatsiya tizimiga kiritilgan dori vositalari tasdiqlangan roʼyxatga muvofiq Jamgʼarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalar tomonidan bepul beriladi.

 Elektron retseptda nimalar aks ettirilish kerak?

Elektron retsept – yagona elektron retsept maʼlumotlar bazasini shakllantirish va vrachning farmatsevtik maʼlumotga ega boʼlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash yoki berish hamda uning qoʼllanilish usuli toʼgʼrisidagi koʼrsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʼlgan elektron hujjat. 

Elektron retsept quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi: 

- ambulatoriya muassasasining nomi; 

- retsept raqami va berilgan sanasi;

 - bemorning toʼliq ismi-sharifi, tugʼilgan yili va sanasi, yoshi, jinsi; 

- XKT-10 boʼyicha tashxis; 

- dori vositasining XPN boʼyicha nomi; 

- dori shakli, dozalanishi va dozalash tartibi; 

- shifokorning familiyasi, ismi, sharifi va telefon raqami; 

- elektron retseptni tasdiqlash uchun masʼul shifokorning familiyasi, ismi, sharifi. 

Eslatib oʼtamiz, Davlat tibbiy sugʼurtasi tizimi 2021 yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. 

Birinchi bosqich Davlat dasturida belgilangandek, tajriba tariqasida Sirdaryo viloyat tibbiyot muassasalarida, ikkinchi bosqich 2023 yilda Qoraqalpogʼistonda, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Fargʼona viloyatlari va Toshkent shahrida, uchinchi bosqich 2025 yildan butun mamlakat boʼylab joriy etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech