Yangiliklar

not found

Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olish boʼyicha tezkor tadbirlar oʼtkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament DXXning Sergeli tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “N.F.” MChJ menejeri B.I. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʼzlab, fuqaro Sh.Ya.ga 1 700 quti “Teraflyu” va 500 quti “Imudon” nomli dori vositalarini 132,4 mln soʼmga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, fuqaro S.А. va “A.Z.” MChJ rahbari M.А. 2 100 quti “Magne B6” nomli dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 121,8 mln soʼmga sotishga kelishib, oldindan 1 mln soʼmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Departamentning Pop tuman boʼlimi tomonidan IIB va DSI xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.E. tegishli hujjatlari boʼlmagan 149 turdagi 136,8 mln soʼmlik dori vositalarini Toshkent shahrida oʼtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Departamentning Kogon shahar boʼlimi tomonidan IIB bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda esa, “S.K.” MChJga qarashli dorixonada tegishli hujjatlari boʼlmagan 357 dona “Gabaten”, 200 dona “Fenibut”, 170 dona “Karbamazapin”, 45 dona “Mezakar” nomli dori vositalari hamda 99 dona oq qizil rangli kapsulalar va 232 dona paketchada “Margantsovka” kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) va 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

  • 24 Noyabr, 09:06
  • Batafsil
not found

"Sirdaryo Dori-Darmon"ga qarashli 11 ta dorixona Reimbursatsiya dasturiga ulandi

Reimbursatsiya – inglizcha soʼz boʼlib,“xarajatlarni qoplash” maʼnosini anglatadi – bu aholini dori vositalari bilan taʼminlash hisoblanib, alohida surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan buyurilgan dori vositalari xarajatlarini maqsadli kompensatsiya qilishni nazarda tutadi. Bu dastur bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonadan dori vositalarini bepul olish imkonini beradi.  "Sirdaryo Dori-Darmon" MChJga qarashli 11 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya dasturiga ulandi. Bular:  Guliston shahrida joylashgan 1 dorixona va 61 shoxobcha, Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasida faoliyat koʼrsatuvchi 88-shoxobcha, Sirdaryo shahrida joylashgan 79-shoxobcha, Sayxunobod tumani, Sayxun qoʼrgʼonida faoliyat yuritadigan 2-dorixona, Yangier shahrida joylashgan 105-shoxobcha, Boyovut tumani, tuman tibbiyot birlashmasida joylashgan 97-shoxobcha, Sardoba tumani Paxtaobod shaharchasidagi 37- shoxobcha, Oq-oltin tumani, Sardoba shaharchasi, tuman tibbiyot birlashmasida joylashgan 70-shoxobcha, Shirin shahrida faoliyat koʼrsatuvchi 8-dorixona, Mirzaobod tumani,Navroʼz shaharchasida faoliyat koʼrsatuvchi 75-shoxobcha.  Reimbursatsiya tizimi doirasida quyidagi surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda qabul qilinadigan 11 turdagi dori vositalari uchun dorixonalar xarajatlari Davlat tibbiy sugʼurtasi tomonidan qoplanadi:  - arterial gipertoniya kasalligi;  - yurak ishemik kasalligi;  - qandli diabetning ikkinchi turi;  - bronxial astma;  - oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalligi.  Reimbursatsiya tizimiga kiritilgan dori vositalari tasdiqlangan roʼyxatga muvofiq Jamgʼarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalar tomonidan bepul beriladi.  Elektron retseptda nimalar aks ettirilish kerak? Elektron retsept – yagona elektron retsept maʼlumotlar bazasini shakllantirish va vrachning farmatsevtik maʼlumotga ega boʼlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash yoki berish hamda uning qoʼllanilish usuli toʼgʼrisidagi koʼrsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʼlgan elektron hujjat.  Elektron retsept quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi:  - ambulatoriya muassasasining nomi;  - retsept raqami va berilgan sanasi;  - bemorning toʼliq ismi-sharifi, tugʼilgan yili va sanasi, yoshi, jinsi;  - XKT-10 boʼyicha tashxis;  - dori vositasining XPN boʼyicha nomi;  - dori shakli, dozalanishi va dozalash tartibi;  - shifokorning familiyasi, ismi, sharifi va telefon raqami;  - elektron retseptni tasdiqlash uchun masʼul shifokorning familiyasi, ismi, sharifi.  Eslatib oʼtamiz, Davlat tibbiy sugʼurtasi tizimi 2021 yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.  Birinchi bosqich Davlat dasturida belgilangandek, tajriba tariqasida Sirdaryo viloyat tibbiyot muassasalarida, ikkinchi bosqich 2023 yilda Qoraqalpogʼistonda, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Fargʼona viloyatlari va Toshkent shahrida, uchinchi bosqich 2025 yildan butun mamlakat boʼylab joriy etiladi.

  • 21 Noyabr, 14:18
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech