Yangiliklar

not found

SSV: Yurtimizda tuberkulyoz kasalligiga bor-yoʼgʼi 70 daqiqada aniq tashxis qoʼyilmoqda

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston — 2030” strategiyasidan aholi salomatligini taʼminlash bilan bogʼliq qator ustuvor maqsadlar oʼrin olgan. Shulardan biri — tuberkulyoz xastaligiga taalluqli. Belgilanishicha, yurtimizda tuberkulyozdan kasallanish koʼrsatkichini har 100 ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirish rejalashtirilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulьmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza Parpieva shu yoʼnalishdagi amaliy ishlar va ulardan kutilayotgan natijalar haqida maʼlumot berdi: — Bu sohaning isloh qilinishi natijasida soʼngi 10 yil ichida qariyb 170 ming nafar inson hayoti saqlab qolindi, — deydi mutaxassis. — Davlat dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi natijasida tuberkulyoz bilan kasallanish koʼrsatkichini 2010 yilga nisbatan 43 foizga, oʼlim koʼrsatkichini esa 84 foizga kamaytirishga erishildi. Davolash samaradorligi esa 91,2 foizga yetkazildi. Oxirgi ikki yilda JSST tavsiyalari asosida ftiziatriya boʼyicha barcha klinik koʼrsatmalar yangilandi, jami 1530 nafar mutaxassis qayta tayyorgarlikdan oʼtdi. Bundan tashqari, tuberkulyoz kasalligi tarqalishining oldini olish uchun har yili yangi tugʼilgan chaqaloqlarning 97 foizi emlanmoqda. Hozir tuberkulyozni aniqlash boʼyicha tuman, shahar, tumanlararo, viloyat va markaziy laboratoriyalardan iborat 5 bosqichli zamonaviy tizim ishlab turibdi. Xastalik profilaktikasi, diagnostikasi va muolajasi uchun zarur barcha dori vositalari davlat tomonidan bepul taʼminlanmoqda va bunga ajratilayotgan mablagʼlar hajmi yildan yil oshirilyapti. Yana bir muhim yangilik: avvallari yurtimizda tuberkulyozni aniqlash uchun 3-4 oylab vaqt talab etilardi. Hozirgi kunda esa bu kasallikka genno-molekulyar usuli orqali bor-yoʼgʼi 70 daqiqa ichida aniq tashxis qoʼyilmoqda. Аyni paytda yurtimiz boʼyicha 97 ta PZR laboratoriyasi faoliyat koʼrsatmoqda, ulardan 40 tasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida joylashgan. Ilgʼor operatsiya usullari joriy etilishi, samarali dori-darmonlar qoʼllanilishi natijasida tuberkulyozning turgʼun shakli bilan kasallangan bemorlarni davolash muddati ham 2 yildan 6-9 oyga qisqardi. Prezidentimizning tegishli qarori asosida tasdiqlangan alohida dastur hamda tuberkulyoz kasalligi va pulьmonologiya xizmatlarini rivojlantirishning maqsadli koʼrsatkichlariga koʼra: 2023-2026 yillarda ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 255 million dollar, xalqaro donorlar hisobidan 17 million dollar mablagʼ ajratish koʼzda tutilgan. Oʼzbekistonning 14 ta maʼmuriy hududida “Oʼpka salomatligi” koʼchma mobil brigadalari tashkil etilib, chekka va olis manzillarda yashovchi aholini bepul tibbiy koʼrikdan oʼtkazish yoʼlga qoʼyilmoqda. Maxsus mikroavtobuslar zamonaviy PZR, mobil rentgen, spirometrik, elektrokardiografik uskunalar bilan jihozlanib, ular yordamida mamlakatimizning chekka hududlari aholisini bepul tibbiy koʼrikdan oʼtkazish amaliyoti joriy etiladi.

  • 3 Oktyabr, 09:04
  • Batafsil
not found

Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya illati demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Taʼkidlab oʻtish oʻrinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambagʻal boʻlishidan qatʼiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Korrupsiyaning tarixiy oʻzaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada maʼlum mavqega ega boʻlish uchun qabila sardorlariga sovgʻalar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Korrupsion holatlarning oldini olishda fuqarolarning huquqiy savodxonligi ham alohida ahamiyat kasb etadi, chunki korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqidagi tasavvur va tushunchalarning uygʻonishi unga qarshi kurashda samara bermay qolmaydi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining “Komplayens-nazorati” xizmati tomonidan “Andijon Dori-Darmon”, “Toshkent viloyat Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyatlari hamda “Xorazm Dori-Darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyatida korrupsiyani oldini olish borasida profilaktik tadbir oʻtkazildi. Unda tashkilot rahbarlari, dorixona mudirlari va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida”gi taqdimnomaci barcha xodimlarga yetkazildi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi. Korrupsiyaviy holatlarda qonunchiligimizda belgilangan jazo turlari haqida keng maʼlumotlar berildi. Targʻibot tadbirlari davom etmoqda.   

  • 29 Sentyabr, 17:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech