12:28 (29.07.2024)

184

Ekstremal issiq keksalar o‘rtasida o‘limning 85 foizga oshishiga olib keldi

So‘nggi 20-yil ichida 65 yoshdan oshgan odamlarning haddan tashqari issiq tufayli halok bo‘lishi 85% ga oshdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

"Jazirama issiq hamma joyda, lekin u hammaga bir xil ta’sir qilmaydi. Haroratning keskin ko‘tarilishida shahar kambag‘allari, homilador ayollar, nogironlar, keksalar, bolalar, bemorlar hamda konditsionerdan foydalanishga imkoniyati yo`q odamlar eng katta xavf ostida bo‘ladilar. Misol uchun, 65 yoshdan oshgan odamlar o‘rtasida issiqdan o‘lim ko‘rsatkichi 20 yil ichida taxminan 85 foizga oshdi," - dedi u BMT shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda barcha bolalarning deyarli 25 foizi tez-tez issiq to‘lqinlari ta’siriga uchramoqda. 2050-yilga borib bu ko‘rsatkich 100 foizga yetishi mumkin. 

Bundan tashqari, jahon tashkiloti rahbarining ta’kidlashicha, asrning o‘rtalariga kelib, haddan tashqari issiq sharoitda yashayotgan kam ta’minlanganlar soni "700 foizga oshishi mumkin." "Ekstremal jazirama tengsizlikni kuchaytiradi, oziq-ovqat tanqisligini keltirib chiqaradi va odamlarni yanada qashshoqlashtiradi," - deya qo‘shimcha qildi u.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech