10:00 (22.07.2024)

142

Mustaqillik bayrami “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida oʻtadi

“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-264-son, 18.07.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Mustaqilligimizning 33 yillik shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida koʻtarinki kayfiyatda kutib olinadi hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish surʼatlariga munosib tarzda nishonlanadi.

Tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda oʻtkaziladi.

Mustaqillik bayrami Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi taʼminlanadi.

“Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulugʻ, eng aziz” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlar yuqori darajada oʻtkaziladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech