Yangiliklar

not found

Dunyo aholisining qariyb yarmi oʻzida diabet borligini bilmaydi – tadqiqot

Dunyo boʻyicha odamlarning 40 foizidan ortigʻi oʻzida diabet borligini bilmaydi. Bu haqda “The Lancet Diabetes & Endocrinology” jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotda soʻz boradi.  The Lancet Diabetes & Endocrinology jurnalida 2000−2023 yillar oraligʼida 204 ta mamlakatda qandli diabet boʼyicha toʼplangan maʼlumotlarga asoslangan keng qamrovli tadqiqot natijalari eʼlon qilindi. Unga koʼra, 2023 yilda 15 yoshdan katta kattalarning deyarli yarmi — taxminan 44 foizi — oʼzlarida ushbu kasallik mavjudligidan bexabar boʼlgan. Аyniqsa, yoshlar orasida diabetga tashxis qoʼyish koʼp hollarda oʼtkazib yuboriladi, xolbuki aynan shu yoshda qondagi shakar miqdorini nazorat qilish ogʼir asoratlarning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tashxis qoʼyilgan bemorlarning 91 foizi dori vositalari qabul qilgan boʼlsa-da, faqat 42 foizigina qondagi shakar miqdorini belgilangan meʼyorda ushlab tura olgan. Natijada, butun dunyo boʼylab qandli diabetga chalingan har beshinchi insongina — atigi 21 foiz — kasallikni yetarlicha nazorat qila olyapti. Oxirgi yigirma yil ichida erishilgan ijobiy oʼzgarishlarga qaramasdan, tadqiqot natijalari diagnostika va davolashda, ayniqsa, past va oʼrta daromadli mamlakatlarda sezilarli mintaqaviy farqlarni aniqladi.  35 yoshdan kichik odamlarda oʼrta va katta yoshdagilarga qaraganda diabet ancha kam aniqlangan. Yoshlar orasida diabet borligini bilganlar atigi 20 foizni tashkil etgan. Qayd etilishicha, diabetni erta aniqlash muhim, chunki bu vaqtida davolashni boshlash imkonini beradi va yurak-qon tomir kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi, asab tizimi shikastlanishi hamda koʼrish qobiliyatini yoʼqotish kabi uzoq muddatli asoratlarning oldini oladi yoki kechiktiradi. Diabet alomatlariga chanqoqlik yoki ishtahaning oshishi, koʼrishning yomonlashuvi, kutilmagan vazn yoʼqotish va charchoq kiradi. Аmmo kasallikning dastlabki bosqichlarida koʼpchilikda hech qanday alomat boʼlmaydi, bu esa skrining va diagnostikaning ahamiyatini oshiradi. Qayd etilishicha, 2023 yilda dunyo boʼyicha diabet bilan ogʼriganlarning qariyb 40 foizi davolanish orqali optimal natijalarga erishib, qondagi shakar miqdorini pasaytirishga muvaffaq boʼlgan. Shu sababli tashxis qoʼyilgach, imkon qadar koʼproq odam toʼgʼri davolanishi va unga rioya qilishi muhim. Diabet bilan ogʼrigan odamlarda, ehtimol, gipertoniya yoki surunkali buyrak kasalligi kabi boshqa sogʼliq bilan bogʼliq muammolar ham boʼlishi mumkin, bu esa davolashni murakkablashtiradi. 2050 yilga borib dunyo boʼylab taxminan 1,3 milliard nafar inson qandli diabet bilan yashashi mumkin. Аgar ularning deyarli yarmi oʼz kasalligidan bexabar boʼlsa, bu holat «sokin yepidemiya»ga aylanish xavfini tugʼdiradi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti 2030 yilgacha bemorlarning kamida 80 foiziga aniq tashxis qoʼyilishini maqsad qilib qoʼygan.

  • 11 Sentyabr, 13:00
  • Batafsil
not found

Farmakalog qaysi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish mumkin emasligini maʼlum qildi

Hatto odatiy dori vositalari ham bir-biri bilan oʻzaro taʼsirga kirishib, davolash samarasini pasaytirishi yoki nojoʻya taʼsirlarni kuchaytirishi mumkin.  Notoʻgʻri tanlangan dori vositalarining birgalikda qoʻllanilishi jiddiy asoratlarga — kuchli uyquchanlik, qon ketishi va hatto yurak faoliyatidagi buzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda  farmakolog Aleksandr Bыkov maʼlum qildi.  Uning soʻzlariga koʻra, shifokor koʻrsatmasiga amal qilmasdan, ayniqsa toʻrtta eng xavfli dori juftligini bir vaqtda qoʻllash bemorning salomatligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.  Birinchi xavfli juftlik — bu aspirin va yalligʻlanishga qarshi dori vositalari. Aspirinning nojoʻya taʼsirlaridan biri — oshqozon shilliq qavatini tirnash xususiyatidir. Nesteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar masalan, ibuprofen, diklofenak, ketoprofen ham xuddi shu taʼsirga ega. Ular birgalikda qabul qilinganda bu taʼsir yanada kuchayadi va eroziya hamda yaralar paydo boʻlishi oqibatida oshqozondan qon ketish xavfini keskin oshiradi. Ayniqsa, bu kabi birikmalar keksalar hamda gastrit yoki oshqozon yarasi boʻlgan bemorlar uchun juda xavfli hisoblanadi.  Ikkinchi xavfli juftlik — bu allergiyaga qarshi dori vositalari va shamollashga qarshi poroshoklar. Farmakologning soʻzlariga koʻra, bunday kombinatsiya lanjlik va uyquchanlikka olib kelishi mumkin.  Koʻplab antigistamin (allergiyaga qarshi) preparatlar, ayniqsa birinchi avlodga mansublari gematoensefalik toʻsiq orqali miyaga yetib boradi va markaziy asab tizimi faoliyatini susaytiradi.  Shamollashga qarshi kukunlar hamda baʼzi tinchlantiruvchi vositalar bunday taʼsirni yanada kuchaytiradi.  Bunday dori vositalarini birgalikda qabul qilish — kuchli suskashtlik, muvozanat buzilishi va  miyada “tuman” paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Bunday kombinatsiyadan soʻng avtomashina boshqarish juda xavfli.  Uchinchi xavfli juftlik — bu kalsiy preparatlari va ich qotiruvchi dori vositalari. Kalsiy ichak motorikasini sekinlashtiradi va ich qotishini keltirib chiqarishi mumkin. Ich ketishga qarshi dorilar ham shunday taʼsirga ega boʻlib, ularning birgalikda qoʻllanilishi ichak faoliyatini deyarli toʻxtatib qoʻyadi. Bu nafaqat ich qotishi, balki ichak faoliyati buzilishi mumkin. Ayniqsa, keksalar bunday kombinatsiyaga nisbatan ehtiyotkor boʻlishlari kerak, chunki yosh oʻtgan sari ichak motorikasi fiziologik jihatdan sekinlashadi. Soʻnggi xavfli juftlik — bu yurak glikozidlari va peshob xaydovchi (diuretik) preparatlari. Bu dori vositalarining birgalikda qoʻllanilishi yurak faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.  Yurak glikozidlari (masalan, digoksin) yurak yetishmovchiligi va aritmiyalarda uning faoliyatini kuchaytiradi, biroq ularning taʼsiri qondagi kaliy miqdoriga bevosita bogʻliq.  Peshob haydovchi (diuretik) preparatlar — furosemid, gidroxlortiazid kabi vositalar — kaliyni organizmdan chiqarib yuborib, gipokaliyemiyani keltirib chiqaradi. Bunday sharoitda glikozidlar toksik taʼsirga ega boʻlib qoladi: aritmiya, blokada va hatto yurak toʻxtab qolish xavfini oshiradi.  Xavfni kamaytirishning eng oddiy usullaridan biri — dori vositalarini bir vaqtda emas, maʼlum interval bilan qabul qilishdir. Oddiy qilib aytganda, dorilarni 2–4 soatlik farq bilan qabul qilish birinchi dori vositasining soʻrilishiga imkon beradi va ularning oʻzaro taʼsirini kamaytiradi.  Biroq bu usul hamma holatda ham ish bermaydi. Shu sababli asosiy qoida shundaki — hech qanday dori vositalarini mutaxassis bilan maslahatlashmasdan birgalikda qabul qilmaslik kerak, — deya taʼkidladi mutaxassis.

  • 10 Sentyabr, 15:20
  • Batafsil
not found

JSSTning asosiy dori vositalari roʻyxatiga saraton va diabetga qarshi dori vositalari kiritildi

JSST asosiy dori vositalari boʻyicha yangilangan namunali roʻyxati (EML) va bolalar uchun muhim dori vositalarining yangilangan namunali roʻyxati (EMLc) nashrlarini eʼlon qildi. Ushbu ryoʻxatga  turli xil saraton kasalliklarini davolash hamda qandli diabet bilan birga kechadigan qoʻshimcha kasalliklar, xususan semizlikni davolash uchun moʻljallangan yangi dori vositalari kiritildi. Shuningdek, roʻyxatlarga mukovissidoz, psoriaz, gemofiliya va boshqa qon kasalliklarini terapiya qilish uchun moʻljallangan dori vositalari ham qoʻshildi. JSST namunaviy roʻyxatlariga aholining sogʻligʻiga boʻlgan ustuvor ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan dori vositalari kiradi. Bunday roʻyxatlar 150 dan ortiq davlatda qabul qilingan boʻlib, davlat xaridlari, dori-darmon bilan taʼminlash, tibbiy sugʻurta hamda dori vositalari uchun xarajatlarni qoplashni tashkil etishda meʼyoriy asos sifatida xizmat qiladi.  “Asosiy dori vositalari roʻyxatlarining yangi nashrlari – klinik jihatdan samarasi isbotlangan va kelgusida aholi salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan zamonaviy dori vositalarining mavjudligini oshirish yoʻlida muhim qadam hisoblanadi”, – dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori yordamchisi Yukiko Nakatani.  BMTning namunali roʻyxati birinchi marta 1977-yilda nashr etilgan.  JSSTning muhim dori vositalarini tanlash va ulardan foydalanish boʻyicha ekspert qoʻmitasi roʻyxatlarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha 59 ta soʻrovni, shu jumladan, yangi dori vositalari yoki dori vositalari sinflarini kiritish boʻyicha 31 ta taklifni koʻrib chiqdi. Natijada, namunaviy roʻyxatga (EML) 20 ta, bolalar uchun namunaviy roʻyxatga (EMLc) esa 15 ta yangi mavzu qoʻshildi, shuningdek, roʻyxatda mavjud boʻlgan yetti preparat uchun yangi qoʻllash koʻrsatmalari belgilandi. Yangilangan roʻyxatlarda kattalar uchun 523 ta, bolalar uchun esa 374 ta asosiy dori vositalari mavjud.  Saraton kasalligi dunyo boʻyicha oʻlimga olib keluvchi ikkinchi asosiy sabab boʻlib, har yili deyarli 10 million kishining hayotiga zomin boʻlmoqda.  Soʻnggi oʻn yillikda JSST turli xil onkologik kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dori vositalarini Muhim dori vositalari roʻyxatiga (EML) faol ravishda kiritib kelmoqda. Muhim dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan onkologik dori vositalari soni cheklangan boʻlib, faqat bemorning umrini kamida 4–6 oyga uzaytirishi isbotlangan dorilarni oʻz ichiga oladi. Qoʻmita saraton kasalligini davolash uchun moʻljallangan 25 ta dori vositasiga oid 7 ta arizani koʻrib chiqdi. Bu dori vositalari organizmning immun tizimiga saraton hujayralarini samaraliroq aniqlash va yoʻq qilishda yordam beradigan immunoterapevtik preparatlar sinfiga kiradi. Muhim dori vositalari roʻyxatiga  pembrolizumab nomli preparat kiritildi. U monoterapiya sifatida metastatik bosqichdagi bachadon boʻyni saratoni, kolorektal saraton va nemelkokletkali oʻpka saratonini davolash uchun birinchi darajali vosita hisoblanadi. Metastatik yirik boʻlmagan oʻpka saratonni davolash uchun roʻyxatda alternativ dori vositalari ham mavjud — atezolizumab va semiplimab. Qandli diabet va semizlik zamonaviy dunyoda sogʻliqni saqlash sohasidagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. 2022-yilda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 800 million nafardan oshdi, shularning yarmi yetarli darajada davolanmagan. Shu bilan birga, dunyo boʻylab bir milliarddan ortiq odam semizlikdan aziyat chekmoqda. Qandli diabet va semizlik bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ular yurak-qon tomir kasalliklari va buyrak yetishmovchiligi kabi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining ekspertlar qoʻmitasi 2-tur qandli diabetni davolashda  glyukagonga oʻxshash peptid-1 (GPP-1) retseptorlarining agonistlari deb nomlanuvchi dori vositalar guruhidan foydalanishning afzalliklarini isbotlovchi ilmiy dalillarni tahlil qildi. Ayniqsa, yurak-qon tomir yoki buyrak bilan bogʻliq xastaliklar mavjud boʻlgan hollarda ushbu dori vositalari: qondagi shakar miqdorini yaxshiroq nazorat qilishga yordam beradi, yurak va buyrak asoratlari xavfini kamaytiradi, vaznni kamaytirishga koʻmaklashadi. Tavsiyalarni qabul qilishdan oldin Qoʻmita jami 59 ta arizani koʻrib chiqdi va har bir dori vositasining samaradorligi hamda xavfsizligi boʻyicha mavjud ilmiy dalillarni tahlil qildi. Taʼlim, fan, tibbiyot va farmatsevtika sohalaridagi taniqli mutaxassislardan iborat ekspert komissiyasi har ikki yilda bir marta sogʻliqni saqlashning yangi muammolarini hisobga olgan holda, samaradorligi yuqori dori vositalarini roʻyxatga kiritish choralarini koʻrib boradi.

  • 9 Sentyabr, 12:30
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech