Yangiliklar

not found

Mart oyida 980 oʻram qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi

Yurtimizda muntazam ravishda, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida har oyda bir qator tezkor tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning fevral oyida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tezkor tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlarini ekpertizadan oʻtkazish boʻyicha 166 ta murojaat kelib tushgan. Taqdim qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar oʻrnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilganda tahlillar natijalariga koʻra, noqonuniy muomalada boʻlgan: ➖ 7173 oʻram - davlat roʻyxatidan oʻtgan va muvofiqlik sertifikati mavjud;➖ 10664 oʻram - davlat roʻyxatidan oʻtmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan;➖ 16 oʻram - yorliqlash koʻrsatkichi boʻyicha nomuvofiq (kontrafakt);➖ 800  oʻram - yaroqlilik muddati tugagan (sifatsiz);➖ 980 oʻram – qalbakilashtirilgan, umumiy 19633 oʻram farmatsevtika mahsulotlarining tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkin emasligi yuzasidan xulosa berildi. Hamda ushbu sifatsiz, qalbakilashtirilgan va O’zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi.

  • 5 Aprel, 08:54
  • Batafsil
not found

Xitoyda qon tomirlarining ichini koʼrish imkonini beruvchi sensor ishlab chiqildi

Xitoylik olimlar qon oqimini koʼrish uchun fotoakustik qurilmani ixtiro qilishdi. U qoʼl soatidek kichik oʼlchamga ega. Barcha yordamchi uskunalar, shu jumladan quvvat manbai va lazer ogʼirligi 7 kilogrammdan oshmaydigan ryukzakka joylashtirilgan. Tadqiqotchilar gajetning ishlash printsipi haqida maʼlumot berishdi. Yorugʼlik energiyasi issiqlikka aylanadi. Natijada tana harorati oʼzgara boshlaydi. Termoelastik kengayish tufayli aniqlanishi mumkin boʼlgan tovush toʼlqinlari chiqa boshlaydi. Ultratovushdan farqli ravishda fotoakustika anatomik tasvirlardan koʼra aniq, yuqori aniqlikdagi funktsional va tizimli tasvirlar hosil boʼladi. Ushbu texnikadan foydalanib, toʼqimalarni 30 millimetr chuqurlikkacha skanerlash mumkin. Bu qon tomirlarining holatini va qondagi kislorod bilan toʼyinganlik darajasini baholash uchun muhimdir. Tadqiqot muallifi Ley Sining taʼkidlashicha, bu tibbiyotda amaliy foydalanish uchun mos boʼlgan dunyodagi birinchi fotoakustik qurilma. Yurak urishi tezligi, qon bosimi va qonning kislorod bilan taʼminlanishi darajasini tahlil qilish orqali odamning yuragi qanchalik yaxshi ishlayotganini aniqlash mumkin. Qurilma allaqachon turli sharoitlarda bir nechta koʼngillilarda sinovdan oʼtkazildi. Sinov tizimning umumiy foydalanish uchun qulayligini va yuqori darajada barqarorligini tasdiqladi. Kelajakda qurilmani yaxshilash va uning oʼlchamlarini kichraytirish mumkin. Аqlli soatlar korpusiga barcha kerakli komponentlarni joylashtirish orqali ryukzakdan voz kechish mumkinligiga olimlarning ishonchi komil. Qurilmadan nafaqat qon tomirlarining holatini baholash, balki saraton va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini dastlabki bosqichlarda aniqlash uchun ham foydalanish mumkin, deb xabar beradi techcult.ru. 

  • 3 Aprel, 11:58
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech