Yangiliklar

not found

Sunʼiy intellekt miopiyani oldini olishga yordam beradi

Sun’iy intellekt miopiyani oldini olishga yordam berdi Amerikalik shifokorlar ko‘rish bilan bog‘liq muammolarni diagnostika qilish uchun sun’iy intellekt (SI) modelidan foydalanishni taklif qilishdi. Tadqiqot JAMA Ophthalmology jurnalida chop etilgan. Arizona shtati universiteti (AQSH) olimlarining fikriga ko‘ra, ko‘z tubidagi qaytmas o‘zgarishlar majmui bilan bog‘liq bo‘lgan miopik makulopatiya (miopiyaning eng yuqori darajasi) dunyoda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishning asosiy sababidir. 2015-yilda u tufayli 10 million kishi ko‘rish bilan bog‘liq muammolariga duch kelgan yoki ko‘rish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan. Mutaxassislar kasallikni sun’iy intellekt yordamida bashorat qilishni taklif qilishdi. Miopik makulopatiya ham uzoqni ko‘ra olmaslik bilan bog‘liq, lekin uni profilaktik tadqiqotlar o‘tkazish orqali oldini olish mumkin. Muammo shundaki, kasallikni erta bosqichlarda aniqlashga yordam beradigan optik kogerent tomografiya muolajasi qimmat va ko‘p mehnat talab qiladi. Shu sababli, masalan, qishloq aholisining bunday xizmatlardan foydalanishi cheklangan. Tadqiqotchilar sun’iy intellekt nazorati ostida profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazishni taklif qildilar. Maxsus yaratilgan model to‘r parda tasvirlarini samarali skanerlashi va miopik makulopatiyaning to‘g‘ri tasnifini bashorat qilishi mumkin. "Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar mavjud bo‘lishi bilanoq, ular butun dunyo aholisining, shu jumladan rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchilarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi," — dedi professor Yalin Van ixtiro haqida.

  • 8 Oktyabr, 14:50
  • Batafsil
not found

Tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi

Amerikalik olimlar Viktor Ambros va Geri Ravkan mikroRNKni kashf qilgani uchun bu yilgi mukofot bilan taqdirlandi. Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti amerikalik olimlar Viktor Ambros va Geri Ravkanga berildi. Olimlar “mikroRNKni kashf qilgani va genlar ekspressiyasining transkripsiyadan keyingi boshqaruvida ularning rolini oʻrgangani uchun” Nobel bilan taqdirlandi. Ambros va Ravkan ishlarining katta qismi molekulyar biologiya va genetikaga bagʻishlangan. Ular 1993-yilda mikroRNKni kashf etgan. Ularning tadqiqotlari natijalari klonlash va sekvenirlash rivojlanishiga turtki boʻldi, deyiladi Nobel mukofoti saytida. MikroRNK — ribonuklein kislotasining qisqa molekulalaridan iborat alohida sinf boʻlib, boshqa molekulalar qatori koʻplab genlarning faolligini belgilaydi. Koʻp hollarda organizmning u yoki bu hujayralarida maʼlum bir genning faollashishi aynan mikroRNKga bogʻliq boʻladi. 2023-yilda tibbiyot sohasida Nobel mukofoti Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga “COVID-19 ga qarshi samarali mRNK-vaksinalarni ishlab chiqishga imkon bergan nuklein kislotalar asoslarini modifikatsiya qilish sohasidagi kashfiyotlari” uchun topshirilgandi. Fiziologiya va tibbiyot sohasidagi mukofot sovrindorlarining eʼlon qilinishi Nobel haftaligiga start berdi. 8-oktyabrda fizika, 9-oktyabrda kimyo, 10-oktyabrda esa adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti gʻoliblarining nomlari maʼlum boʻladi. 11-oktyabr kuni Osloda tinchlik mukofoti sovrindori eʼlon qilinadi, 14-oktyabrda esa iqtisodiyot boʻyicha mukofot gʻolibi aniqlanadi. Nobel mukofotining har bir kategoriyasi uchun 11 million shved kronasi tadqim etiladi. Bu bir million dollardan biroz koʻproq.

  • 7 Oktyabr, 18:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech