17:57 (07.01.2023)

1912

  2022 yilda umumiy qiymati 90.57 mlrd soʼm boʼlgan dori vositalariga sertifikat berish rad etildi

Respublikamizdagi Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organlariga boʼlgan murojaatlar asosida 2022 yil davomida taqdim qilingan dori vositalari belgilangan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan oʼtkazildi.

Tahlillar natijasiga koʼra 24 ta davlatda jumladan, Аvstriya, Аrgentina, Аrmaniston, Bangladesh, Belorussiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Makedoniya, Gollandiya, Pokiston, Polьsha, Rossiya, Rumыniya, Slovakiya, Turkiya, Ukraina, Frantsiya, Xitoy, Hindiston, Shveytsariya davlati hamda yurtimizda ishlab chiqarilgan 271 turdagi 3 382 502 shartli oʼram, umumiy qiymati 90.57 mlrd soʼm boʼlgan dori vositalari (toʼliq roʼyxat) sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qoʼllash uchun yaroqsiz deb topildi hamda sertifikatlashtirilishi rad etilib, mazkur sifatsiz dori vositalarining muomalaga chiqarilishini oldi olindi.

Maʼlumot uchun, «Muvofiqlik sertifikati» — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat hisoblanadi.

Eslatib oʼtamiz, “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʼgʼrisida”gi yagona nizom (roʼyxat raqami 80-son 21.02.2022)ga koʼra, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, faoliyat uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda toʼxtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qoʼpol ravishda buzilishi hisoblanadi!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech