10:58 (31.01.2023)

1964

⚡️ Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizdagi dorixonalarda Hindistonning "Marion Biotech Pvt. Ltd" kompaniyasiga tegishli “Travamaks” va “Sinepar Kid” siropi hali ham sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Davlat markazi axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.

Sogʼliqni saqlash vazirining 2023 yil 2 yanvardagi 24-41821-son koʼrsatma xatiga binoan, “Quramax Medical” MChJ tomonidan 2022 yil mamlakatimiz hududiga olib kirilgan Hindistonning "Marion Biotech Pvt. Ltd" kompaniyasiga tegishli barcha dori vositalarining sotilishi vaqtinchalik toʼxtatilgan.

Аyni kunlarda ushbu preparatlarni vaqtincha qoʼllamaslik yuzasidan barcha zarur choralar koʼrilmoqda.

Qolaversa, mazkur dori vositalari chuqur laborator tekshiruvlaridan oʼtkazilmoqda. Tahlil natijalari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumot taqdim qilinadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech