09:02 (01.06.2023)

2583

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan boʻlsa, oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.

 Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1959-yil 20-noyabrda Bola huquqlari deklaratsiyasi hamda 1989-yil 20-noyabrda “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya qabul qilindi. Mazkur xalqaro meʼyoriy hujjatlar jahon miqyosida bolalar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Ularni dunyoning deyarli barcha mamlakatlari tan olgan va milliy qonunchiligiga tatbiq etgan.

 Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Bilmoq uchun olamning sirin,

Qalb koʻzi-la koʻring dunyoni,

Jondan aziz, begʻubor shirin,

Bolalarga bering dunyoni.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech