09:00 (28.12.2023)

635

2023-yil davomida aniqlangan qalbaki farmatsevtika mahsulotlari maʼlum qilindi

Joriy yilda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga Huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertiza qilish yuzasidan 1671 ta murojaat kelib tushgan, deyiladi markaz matbuot xizmati xabarida.

Ushbu murojaatlar asosida taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari oʼrnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan oʼtkazilgan. Tahlil natijalariga koʼra:

• 6 304 turdagi 1 334 598 oʼram dori vositalarining tibbiyot amaliyotida qoʼllash mumkin emasligi;

• 2288 turdagi 542 709 oʼram dori vositalarining muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi;

• 241 turdagi 11 747 oʼram dori vositalari yorliqlash koʼrsatkichi boʼyicha nomuvofiqligi;

• 152 turdagi 1278 oʼram dori vositalari yaroqlilik muddati oʼtganligi;

• 68 turdagi 7029 oʼram dori vositalarining qalbakilashtirilganligi aniqlanganligi toʼgʼrisida ekspertiza xulosalari berilgan.

Hamda ushbu sifatsiz, qalbakilashtirilgan hamda Oʼzbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olingan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech