18:17 (09.02.2024)

346

2023 yil yakunlari muhokama qilindi 

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining joriy yildagi ilk hayʼat yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda:

1.Kompaniya tizimidagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida 2023 yil yakuni boʼyicha tasdiqlangan biznes-reja koʼrsatkichlari bajarilishi, shuningdek, debitor-kreditor qarzdorliklar;

2."Dori-Darmon" АK tizimida 2023 yil davomida dori vositalari, tibbiy buyumlar va parafarmatsevtika mahsulotlarining aylanmasi toʼgʼrisida. Tovarlarning kirimi va chiqimi boʼyicha tahlil;

3.Kompaniya tizimidagi ijtimoiy dorixonalarda GPP (yaxshi dorixona amaliyoti) standartini joriy etish;

4.Oʼzbekiston Respublikasi “Davlat haridlari toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq Kompaniya va uning shoʼʼba korxonalari faoliyatida korporativ xaridlar tizimini joriy etish bilan bogʼliq chora-tadbirlar va sohaga oid boshqa masalalar koʼrib chiqildi. 

Kompaniyaning 2023 yil yakunlari boʼyicha maʼlumotlarni moliya direktori v.v.b I.Аbdusalomov taqdim etdi. 

Kompaniyaning hisobot yilida umumiy tovar aylanmasi  845,2 mlrd soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 620,1 mlrd.soʼmni, chakana tovar aylanmasi 225,1 mlrd. soʼmni tashkil etdi.

“Dori-Darmon” АK tijorat direktori Nurali Husanov kompaniya tizimida 2023 yil davomida dori vositalari, tibbiy buyumlar va parafarmatsevtika mahsulotlarining aylanmasi haqida maʼlumot berdi.

Kompaniya 130 dan ortiq mahalliy va chet ellik yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya tomonidan 2023 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda mahalliy distribьyuterlardan 123,0  mlrd. soʼm, xorijiy taʼminotchilardan 157,2 mlrd.soʼm miqdorida farmatsevtika mahsulotlari xarid qilingan. Yakunlangan yilda eng koʼp Rossiya, Germaniya va Hindistondan import qilingan. 

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (204-son, 22.07.2013y) qaroriga asosan ambulatoriya davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan 14 toifadagi shaxslarga 2023 yilda 468 120 ta retsept orqali 25,0 mlrd.soʼmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-140-son, 12.11.2020y) va (PQ-140-son, 1.05.2023y) qarorlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosi sifatida Kompaniyaga qarashli Sirdaryo viloyatidagi 40 ta va Toshkent shahridagi 3 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya  dasturiga ulandi.

Reimbursatsiya tizimi doirasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolash uchun 11 turdagi dori vositasi kiritilgan. 

2023 yil davomida 962,6 mln. soʼmlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berilgan. 

Shuningdek, yigʼilishga taklif etilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq kompaniya va uning shoʼʼba korxonalari faoliyatida korporativ xaridlar tizimini joriy etish toʼgʼrisida maʼlumotlar berib oʼtdi. 

Yigʼilish davomida Kompaniya tizimidagi ijtimoiy dorixonalarda GPP (yaxshi dorixona amaliyoti) standartini joriy etish masalasi ham muhokama etildi. Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agenligi “Zarur amaliyotlar markazi” DUK direktori oʼrinbosari Аvazbek Ibragimov  GPP (yaxshi dorixona amaliyoti) standartini joriy etish tartibi, talablari, zarur hujjatlar, dorixona xodimlarini oʼqitish va boshqa masalalar boʼyicha kerakli tavsiyalarni berdi. Taklif etilgan mehmonlar kompaniya va jamiyat rahbarlarining savollariga batafsil javob berishdi.

Yigʼilish davomida  sohaga oid boshqa masalalar ham koʼrib chiqildi.

 

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech