12:00 (27.12.2023)

694

2023 yil sarhisobi. Qonunchilik-6

19.06.2023 yil. “Аholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–196-son) qabul qilindi

Qarorga koʼra, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini tubdan takomillashtirish maqsadida, jumladan:

- ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya yordamini koʼrsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy etiladi;
- birlamchi boʼgʼin tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlari integratsiya qilinadi;
- ruhiy holati buzilgan shaxslar dori vositalari bilan ehtiyojga koʼra toʼliq taʼminlanadi;
- aholi, ayniqsa, bolalar va oʼsmir yoshlarning ruhiy salomatligi mustahkamlanadi.

yil. “Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʼliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi Prezident qarori (PQ–197-son) qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:
• Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi;
• Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi;
• Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi.

Shuningdek, qaror bilan sogʼliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini takomillashtirish boʼyicha «yoʼl xaritasi» tasdiqlandi.

Sogʼliqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimi orqali:

- nodavlat tibbiyot tashkilotining xodimlari, tibbiy texnikasi, xizmat turlari, tibbiy statistika va boshqa hisobotlari monitoringini yuritish;
- tibbiy faoliyatni nazorat qilishda «xavfni tahlil qilish» tizimini yoʼlga qoʼyish belgilandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech