11:45 (28.12.2023)

675

2023 yil sarhisobi. Qonunchilik-7

28.07.2023 yil. “Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat koʼrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” Prezident qarori (PQ–244-son) qabul qilindi.

Qarorga koʼra, 2024/2025 oʼquv yilidan:

♦ Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport shifokori” va “Sport dietologiyasi (ovqatlanish ilmi)” boʼyicha magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi;
♦ Toshkent farmatsevtika institutida “Eksperimental va sport farmakologiyasi” magistratura mutaxassisligi boʼyicha amaldagi oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.

Davlat sport-taʼlim muassasalarining sport shifokorlari, sport dietologlari va sport farmakologlari Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida belgilangan tartibda bepul malaka oshiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech