12:00 (29.12.2023)

725

2023-yil sarhisobi. Qonunchilik-8

01.08.2023-yil. “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–255-son) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

- 2024-yil 1-yanvardan otorinolaringologiya va yuz-jagʻ jarrohligi yoʻnalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan nodavlat tibbi

- 2024-yildan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantatsiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida qoʻshimcha yiliga kamida 2 000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi.

   Qaror bilan shuningdek, 2023–2026-yillarda otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

15.08.2023-yil. “Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim  hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”  Prezident farmoni (PF–140) imzolandi.

 Farmon bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi

  Shunga koʻra:

- 2024-yil 1-yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;

- 2024-yil 1-yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga oʻzgartirish kiritiladi;

- 2025-yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bekor qilinadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech