16:29 (29.12.2022)

1982

2023 yil 1 yanvardan nimalar oʼzgaradi

Аyrim davlat organlari majburiy tartibda nogironlar jamiyatlaridan tovarlar xarid qilishadi

Sogʼliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab vazirligi hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, shuningdek, ushbu idoralarning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning oʼzlariga kerak tovarlarning kamida 10% qismi nogironlar jamiyatlari tomonidan ishlab chiqilgan tovarlar tashkil  etadi.

Dori vositalariga yangi talablar oʼrnatilmoqda

Tasdiqlangan roʼyxatda belgilangan dori vositalaridan tashqari barcha yangi dori vositalari ishlab chiqarish sharoitlarining «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP» talablariga muvofiqligi oʼrganilganidan soʼng klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat roʼyxatidan oʼtkaziladi.

Faxriy donorlarga qator imtiyozlar beriladi

“Oʼzbekiston Respublikasi faxriy donori" koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryoʼla beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi. Mazkur koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:

➖ular uchun qulay boʼlgan vaqtda yillik asosiy mehnat taʼtiliga chiqish;
➖shahar jamoat transportining barcha turlaridan bepul foydalanish;
➖davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yoʼllanmalarni navbatsiz olish;
➖doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari statsionar davolanish jarayonida, zarurat tugʼilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul taʼminlanadi;
➖donorlarni bepul ovqat bilan taʼminlash boʼyicha xarajatlarning qiymati respublika boʼyicha bir xil - MHEKMning 3%i miqdorida belgilanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech