13:00 (23.12.2023)

575

2023-yil sarhisobi. Qonunchilik

27.02.2023-yil. "Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-74-son)qabul qilindi

 Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarga:

- bolaning yonida boʻlish uchun sharoit yaratiladi;

- mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

27.02.2023-yil. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–819) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga koʻra, texnik jihatdan tartibga solish – mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qoʻllash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirishdir.

Ushbu Qonunning amal qilishi:

- sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari;

- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi choralar;

- buxgalteriya hisobi standartlari;

- qimmatli qogʻozlar emissiyasi standartlari va qimmatli qogʻozlar emissiyasi risolalari, baholash faoliyati standartlari;

- tibbiy yordam standartlari;

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech