10:03 (03.01.2024)

882

2024-yil 1-apreldan yurtimizga olib kiriladigan dori vositalari QQSga tortiladi

Oʼzbekiston Respublikasining "Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Qonuniga koʼra, qoʼshilgan qiymat soligʼi (QQS) boʼyicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi.

2024-yil, 1-apreldan boshlab, quyidagilar boʼyicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi:

– tibbiy xizmatlar;
– veterinariya xizmatlari;
– dori vositalari;
– veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagilar QQSga tortiladi:

– dori vositalari,
– veterinariya dori vositalari,
– tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar,
– shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan roʼyxat boʼyicha olib kiriladigan xomashyo.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech