18:00 (15.01.2024)

634

Organizmda kaliy yetishmasa nima oʼzgarishlar roʼy beradi

Kaliy yetishmovchiligi asosan sovuq mavsumda sodir boʼladi. Ushbu modda organizmning muhim funktsiyalari uchun javobgardir, organizmning oʼzi tomonidan kaliy ishlab chiqarilmaydi.

Nima uchun kaliy kerak?

Ushbu modda asab tizimining ishlashiga yordam beradi, qon bosimining normal darajasini va yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilaydi va mushaklarning qisqarishini tartibga soladi. Bundan tashqari, kaliy koʼplab biokimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi: masalan, magniyni yaxshiroq qabul qilishga yordam beradi. Qondagi kaliyning normal darajasi 3,5 dan 5,2 mmol / l gacha. Qondagi kaliyning past darajasi gipokalemiya deb ataladi.

Kaliy yetishmasligining belgilari:

Charchoq, zaiflik, apatiya. Kaliy yetishmasligi butun tanada zaiflikni keltirib chiqaradi: diqqatni jamlash qiyinlashadi, uyquchanlik paydo boʼladi, reaktsiya bildirish vaqti sekinlashadi.

Mushak spazmlari va ogʼriq.

Kaliy miya signallarini mushaklarga uzatilishini taʼminlaydi. Tanadagi kaliy yetarli boʼlmaganda, signallar notoʼgʼri ishlaydi. Mushaklar miyaning buyrugʼisiz ham qisqarishni boshlaydi. Qisqarishlar ogʼriqli boʼlishi, uxlash va ishlashga xalaqit berishi mumkin. Kaliy ham qon aylanish jarayonlari uchun javobgardir. Agar moddaning yetishmasligi kuzatilga, mushaklar kuchli mashgʼulotdan keyingi ogʼriqdek ogʼriydi.

Yurakning tez urishi va nafas qisilishi.

Kaliy yetishmovchiligi bilan taxikardiya kutilmaganda sodir boʼladi, hech qanday tashqi sabablar yoki hissiy zarbalarsiz. Misol uchun, yurak tunning yarmida keskin va shiddatli urishi mumkin. Shu bilan birga, nafas olish qiyinlashadi va oʼlim qoʼrquvi paydo boʼladi.

Et junjikishi va oyoqlar uvishishi.

Аytib oʼtilganidek, kaliy nerv signallarining toʼgʼri uzatilishi uchun javobgardir. Kaliy yetishmasligi boʼlsa, miya va nervlar oʼrtasidagi aloqa yaxshi ishlamaydi. Oʼz-oʼzidan yonish hissi, terida qichishish, et junjikishi va oyolarda uvishish paydo boʼladi.

Kayfiyat oʼzgarishi va vahima hujumlari.

Kaliy yetishmasligihissiy holatga taʼsir qiladi. Miya oʼzini oʼzi aldaydi: tanada nafas qisilishi, yurak urish tezligining oshishi va junjikishlar paydo boʼlganda, miya tashvishlanish uchun jiddiy sabablar bor deb oʼylay boshlaydi. Natijada, kayfiyat keskin yomonlashadi va ishlash istagi yoʼqoladi.

Qanday mahsulotlarda kaliy bor?

Inson organizmi kaliy ishlab chiqarishga qodir emas, shuning uchun moddaning katta foizi oziq-ovqat orqali olinadi. Kaliyga boy oziq-ovqatlar -kartoshka, dukkaklilar, banan va avakadolar, sabzi, qovoq, lavlagi, qalampir, turp, karam, bodring, maydanoz, ismaloq.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech