Yangiliklar

not found

JSST: Mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik –jiddiy tahdidga aylanmoqda

Mikroblarga qarshi preparatlar — antibiotiklar, viruslarga, zamburug‘larga va parazitlarga qarshi vositalar odamlar, hayvonlar va o‘simliklarda yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda davolash uchun xizmat qiluvchi eng muhim dori vositalaridir. Biroq bugungi kunda ularning samaradorligiga rahna solayotgan xavf — mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik global muammoga aylanmoqda. Chidamlilik o‘zi nima va u qanday paydo bo‘ladi? Mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va parazitlar ularini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan dori vositalariga nisbatan sezgirligini yo‘qotganda yuzaga keladi. Oqibatda oddiy infeksiyalarni davolash ham qiyinlashadi yoki umuman imkonsiz bo‘lib qoladi. Bu esa kasallikning og‘ir kechishi, nogironlik va hatto o‘lim xavfini keskin oshiradi. Statistikaga ko‘ra: ➖ 2021-yilda dunyo bo‘ylab bakterial mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik bilan bog‘liq o‘lim holatlari 4,7 millionni tashkil etgan. ➖ 2023-yilda har oltinchi laboratoriya tomonidan tasdiqlangan bakterial infeksiya antibiotiklarga chidamli bo‘lib chiqqan. Prognozlarga ko‘ra, hozirgi sur’at saqlanib qolsa, 2035-yilga borib faqatgina rezistent bakterial infeksiyalarni davolash uchun yillik xarajatlar 412 milliard AQSH dollarini tashkil etadi — mehnat unumdorligining pasayishi tufayli yuzaga keladigan yillik zararlar esa 443 milliard AQSH dollari miqdorida baholanmoqda Buning asosiy sabablari nimada? - Noto‘g‘ri va haddan tashqari ko‘p antibiotik ichish: Ko‘rsatma bo‘lmaganda yoki shifokor retseptisiz dori qabul qilish. - Tavsiyalarga amal qilmaslik: Ahvoli yaxshilangach, davolanish kursini chala qoldirish. - Gigiyena va profilaktikaning yetishmasligi: Toza suv, sanitariya sharoitlarining cheklanganligi hamda tibbiyot va maishiy hayotda infeksiya nazorati pastligi. - Yangi dorilar yetishmovchiligi: Eskirgan va samarasini yo‘qotgan preparatlar o‘rniga yangilarining juda sekin ishlab chiqarilishi. Turli sohalardagi xavflar: Bakteriyalar: E. coli va K. pneumoniae kabi gramotmanfiy bakteriyalar og‘ir sepsis va a’zolar yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan gonoreya kasalligida ham ayrim dorilarga chidamlilik 75% ga yetgan. Ko‘p dori vositalariga chidamli sil (bu silning shunday shakliki, uning bakterial qo‘zg‘atuvchisi eng samarali ikkita silga qarshi preparat — izoniazid va rifampitsinga nisbatan sezgir emas) esa davolashni yanada murakkablashtirmoqda. 2024-yilda birinchi marta aniqlangan sil bemorlari orasida dorilarga chidamli sil bilan og‘rigan shaxslarning taxminiy ulushi 3,2 foizni tashkil etdi, ilgari sildan davolanish kursini o‘taganlar orasida esa bu ko‘rsatkich sezilarli darajada yuqori bo‘lib, 16 foizga yetdi. Zamburug‘lar: Candidozyma auris kabi chidamli zamburug‘lar ayniqsa, immuniteti past va og‘ir bemorlar uchun o‘ta xavfli. Viruslar va parazitlar: So‘nggi o‘n yillikda antiretrovirus terapiya (ART) OIV infeksiyasiga chalingan o‘n millionlab insonlarni o‘limdan saqlab qolishga imkon berdi. Shu bilan birga, OIVGA qarshi preparatlarning keng qo‘llanilishi virusning dori vositalariga chidamliligi shakllanishi bilan birga kechdi. OIVning ARV-preparatlarga nisbatan rezistentligi OIV infeksiyasining yangi holatlari sonining ko‘payishiga va o‘lim ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelishi mumkin. OIVdan tashqari, gripp viruslarining dori vositalariga chidamliligi ham aholi salomatligiga jiddiy tahdid soladi. JSST, shuningdek, dori vositalariga chidamlilikning shakllanishi B va C virus gepatitlarini davolash dasturlari uchun yangi qiyinchiliklar tug‘dirayotganini ta’kidlaydi.JSST va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari JSSTning 2026–2036 yillarga mo‘ljallangan Global harakat rejasi insonlar, hayvonlar va o‘simliklar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan «Yagona salomatlik” konsepsiyasiga asoslanadi. Asosiy maqsadlar: ➖ 2030-yilga borib mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik bilan bog‘liq insonlar o‘limini 10% ga qisqartirish. ➖ Agrooziq-ovqat tizimlarida mikroblarga qarshi vositalarni kamaytirish. ➖ Aholi o‘rtasida xabardorlikni oshirib, tibbiy savodxonlikni yuksaltirish. ➖ Tadqiqotlar va yangi innovatsion dori vositalarini yaratishni jadallashtirish. Sog‘lom hayot sari tavsiya: O‘zboshimchalik bilan, ayniqsa shamollash va virusli kasalliklarda darhol antibiotiklarga qo‘l urmang. Har qanday dori vositasini faqat shifokor ko‘rsatmasi va retsepti asosida qabul qiling!

  • 21 Sentyabr, 16:00
  • Batafsil
not found

SSPE qanday kasallik. Oʻzbekistonda bu kasallikka chalinganlar soni qancha?

Oʻzbekistonda qizamiq xastaligi va uning ortidan bolalarda kuzatilayogan oʻta ogʻir kasallik borasidagi vaziyat dolzarb tus olmoqda. Respublikada SSPE tashxisi bilan nazoratda turgan bemor bolalar soni 238 nafarga yetgan. Ularning 133 nafari (55,8 foiz) milliy emlash kalendariga muvofiq qizamiqqa qarshi vaksina olmagan. Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqning oʻzbek segmentida qizamiq xastaligi va uning ortidan bolalarda kuzatilayogan oʻta ogʻir kasallik borasida turli xabar va videolar keng avj oldi. Aholi orasida vahimalar esa kuchayib bormoqda. Biroq bu xavotirlar birmuncha asosli. Bolalikda oʻtkazilgan qizamiq baʼzan yillar davomida hech qanday belgi bermay, keyinchalik bosh miyani jiddiy zararlaydigan oʻta ogʻir kasallik — subakut sklerozlovchi panensefalit, yaʼni SSPEga olib kelishi mumkin. Oʻzbekistonda bu masala yanada dolzarb tus olmoqda. Respublikada SSPE tashxisi bilan nazoratda turgan bemor bolalar soni 238 nafarga yetgan. Afsuslanarli jihati - ularning 133 nafari, yaʼni 55,8 foizi, milliy emlash kalendariga muvofiq qizamiqqa qarshi vaksina olmagan. Natijada bu mitti bemorlarning 228 nafari — 95,8 foizi — bir yoshga toʻlmasidan oldin qizamiq bilan kasallangan. Bu raqamlar SSPEni faqat alohida bir tibbiy muammo sifatida emas, balki qizamiqning oldini olish, chaqaloqni himoya qilish va emlash qamrovini yuqori darajada ushlab turish masalasi sifatida koʻrish zarurligini koʻrsatadi. SSPE nima oʻzi? SSPE — qizamiq virusi bilan bogʻliq juda kam uchraydigan, ammo nihoyatda ogʻir nevrologik asoratdir. U qizamiq infeksiyasidan bir necha yil oʻtgach paydo boʻlishi mumkin. Shu sababli ota-ona bolasi qizamiqdan tuzalganidan keyin xavf butunlay ortda qoldi, deb oʻylashi mumkin. Aslida esa qizamiq virusining ayrim holatlarda markaziy asab tizimida saqlanib qolishi va yillardan keyin ogʻir jarayonni keltirib chiqarishi mumkinligi ilmiy tadqiqotlarda isbotlangan. Oʻzbekistondagi maʼlumotlarda SSPE odatda qizamiqdan 7–10 yil oʻtgach namoyon boʻlishi qayd etilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ham qizamiqni oddiy toshma va isitma bilan cheklanadigan kasallik sifatida emas, balki ogʻir asoratlar, jumladan ensefalit va SSPE xavfi bilan bogʻliq infeksiya sifatida baholaydi. Shuning uchun SSPEni qanday davolash ustida emas, balki bolani avvalo qizamiqdan qanday asrash ustida bosh qotirishimiz lozim. 238 nafar bemor taqdiri Oʻzbekistondagi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, nazoratda turgan 238 nafar bemorning 133 nafari — 55,8 foizi — qizamiqqa qarshi emlanmagan. Qolgan 105 nafar, yaʼni 44,1 foizi, vaksina olgan deb qayd etilgan. Bir qarashda ikkinchi raqam aholida haqli savol tugʻdiradi: agar 105 nafar bemor vaksina olgan boʻlsa, shu vaksina SSPEga sabab boʻlganmi? Bunday shoshilinch xulosa vaksinatsiyaga qarshi norozilik toʻlqiniga asos boʻlishi tabiiy. Biroq mavjud maʼlumotlar bu xulosani qoʻllab-quvvatlamaydi. Aksincha, emlangan 105 bemorning 83 nafari — 80 foizi — vaksina olishdan oldin qizamiq bilan kasallangan. Demak, bu holatlarda bola avval tabiiy, yaʼni “yovvoyi” qizamiq virusiga duch kelgan, keyin esa emlangan. Bu juda muhim farq. Vaksina olgan boʻlish bilan vaksina sababli kasal boʻlish bir xil tushuncha emas. Ilmiy maʼlumotlar ham qizamiqqa qarshi vaksina SSPEni keltirib chiqarmasligini koʻrsatadi. Aksincha, qizamiqka qarshi samarali emlash dasturlari SSPE holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Vaksina virusi SSPEni keltirib chiqarishi haqidagi gipoteza epidemiologik va virusologik tadqiqotlar bilan tasdiqlanmagan. Nega aynan 2019-yilda tugʻilgan bolalarda koʻp uchragan? Nazoratdagi 238 nafar bemorning 185 nafari, yaʼni 77,7 foizi, 2019-yilda tugʻilgan. Yana 21 nafari 2023-yilda, 18 nafari 2018-yilda tugʻilgan. 2015–2024-yillarning boshqa yillariga esa nisbatan kam sondagi holatlar toʻgʻri keladi. Hujjatlarda 2019-yilda tugʻilgan bolalarning katta qismi bir yoshgacha — 2020-yilda qizamiqqa qarshi rejali vaksina olishi kerak boʻlgani, ammo aynan shu davrda COVID-19 pandemiyasi va karantin choralari emlash dasturining aholini toʻliq qamrab olishiga salbiy taʼsir qilgani qayd etilgan. Yana bir muhim maʼlumot bor: statistik tahlillarda ota-onalarning taxminan 10 foizi emlash dasturiga masʼuliyatsiz munosabatda boʻlishi yoki unga qarshi boʻlishi qayd etilgan. Demak, SSPE statistikasida pandemiya sabab yuzaga kelgan emlashdagi uzilishlar, qizamiq epidemiyalari va emlashdan bosh tortish kabi bir nechta omillar bir-biri bilan uygʻunlashgan. Eng katta xavf — qizamiqning oʻzi Qizamiq nihoyatda yuqumli kasallik. Maʼlumotlarga koʻra, bitta emlanmagan bemor oʻrtacha 12–18 kishiga infeksiya yuqtirishi mumkinligi koʻrsatilgan. JSST ham qizamiqni dunyodagi eng yuqumli infeksiyalardan biri deb baholaydi. U pnevmoniya, ensefalit, ogʻir ich ketishi, suvsizlanish, koʻrish qobiliyatining buzilishi va boshqa asoratlarga olib kelishi mumkin. Bolalarda, ayniqsa besh yoshgacha boʻlganlarda, ogʻir kechish xavfi yuqori. Qizamiqning yana bir xavfli xususiyati shundaki, kasallikning oʻzi immun tizimiga zarar yetkazib, organizmning boshqa infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini ham maʼlum vaqt zaiflashtirishi mumkin. Shu sababli “bolalikda qizamiq bilan ogʻrish- kafolatlangan tabiiy immunitet beradi” degan yondashuv tibbiy nuqtayi nazardan xavfsiz strategiya emas. Tabiiy infeksiya immunitet hosil qilishi mumkin, ammo bu immunitetga erishish uchun bola avval kasallikning oʻzini boshdan kechirishi kerak. Aynan shu jarayonning oʻzi esa pnevmoniya, ensefalit va SSPE kabi asoratlar xavfini olib keladi. Ona suti — birinchi tabiiy himoya Bu yerda ona suti masalasi alohida ahamiyatga ega. Chaqaloq hayotining dastlabki oylarida ona suti nafaqat oziqlanish manbai, balki immunologik himoyaning muhim qismi hamdir. Uning tarkibida immun tizimiga yordam beradigan turli himoya omillari mavjud. Shuningdek, bola tugʻilgunga qadar ona organizmidan yoʻldosh orqali oʻtgan antitanachalar chaqaloqqa hayotining dastlabki davrida vaqtinchalik himoya beradi. Ammo bu himoya abadiy emas: vaqt oʻtishi bilan onadan oʻtgan antitanachalar miqdori kamayadi. Qizamiq masalasida bu juda muhim. Chaqaloqning hayotining ilk oylaridagi himoyasi pasayib borayotgan bir vaqtda uning oʻz immun tizimi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Shuning uchun bir yoshgacha boʻlgan bola qizamiq yuqtirib olsa, jiddiy asoratlar xavfi yuqori boʻladi. Ona suti shu maʼnoda nihoyatda muhim. Lekin bir narsani aniq aytish kerak: ona suti qizamiq vaksinasi oʻrnini bosmaydi. Emizish — bolaning umumiy sogʻlom rivojlanishi va infeksiyalarga qarshi himoyasi uchun muhim omil. Emlash esa muayyan infeksiyaga qarshi maqsadli immun himoyani shakllantirish vositasidir. Ikkalasini bir-biriga qarshi qoʻyish emas, aksincha, ularning vazifasini toʻgʻri tushunish kerak. Nega vaksinatsiya masalasi yanada dolzarb? Oʻzbekistonda Milliy profilaktik emlash kalendari doirasida bolalar 13 turdagi boshqariladigan yuqumli kasallikka qarshi davlat hisobidan bepul emlanadi. Bu roʻyxatga qizamiq, qizilcha va parotit ham kiradi. Emlash tizimi tugʻilgan kundan boshlanadi va bolaning turli yosh bosqichlarida davom etadi. Qizamiqqa qarshi birinchi rejali doza bola 12 oylik boʻlganida beriladi. Epidemiologik xavf mavjud boʻlgan hududlarda esa vaksinatsiyani 6 oylikdan boshlash mumkin. Keyingi doza maktabgacha davrda, odatda 6 yosh atrofida beriladi. Bu yerda 6 oylik vaksinatsiya bilan 12 oylik rejali vaksinatsiyani aralashtirmaslik kerak. Birinchisi epidemiologik vaziyat va xavfga qarab ertaroq himoya yaratish chorasi; ikkinchisi esa milliy kalendardagi rejali emlashdir. JSST ikki dozali qizamiq vaksinatsiyasini asosiy strategiya deb hisoblaydi. Ikki doza birinchi dozadan keyin immunitet hosil boʻlmagan bolalarni ham qoʻshimcha himoya qilish imkonini beradi. Nega “95 foiz” raqami muhim? Qizamiq kabi oʻta yuqumli infeksiyani nazorat qilish uchun aholida immunitet darajasi juda yuqori boʻlishi kerak. JSST qizamiq avj olishlarining oldini olish uchun har bir hududda ikki dozali vaksinatsiya qamrovini kamida 95 foiz darajasida ushlab turish zarurligini taʼkidlaydi. Bu raqam shunchaki statistik meʼyor emas. Agar aholining katta qismi immunitetga ega boʻlsa, virus yuqqan taqdirda ham uning tarqalish zanjiri tezroq uziladi. Aksincha, emlanmaganlar soni ortib borsa, virus uchun yangi “boʻshliqlar” paydo boʻladi. Bu yerda jamoaviy immunitetning yana bir muhim vazifasi namoyon boʻladi. Hamma bolalarni ham ayrim tibbiy sabablarga koʻra emlash mumkin emas. Demak, ularni himoya qilish uchun atrofidagi aholining yetarlicha katta qismi immunitetga ega boʻlishi kerak. Shu maʼnoda vaksinatsiya — faqat bir oilaning shaxsiy qarori emas. U jamiyatdagi eng zaif qatlamlarni ham himoya qilish vositasidir. Oʻzbekiston uchun muhim signal Oʻzbekistonning emlash tizimi soʻnggi oʻn yilliklarda sezilarli darajada kengaydi. 2000-yilgacha bolalar olti turdagi infeksiyaga qarshi rejali emlangan boʻlsa, bugun milliy kalendar 13 turdagi infeksiyani qamrab oladi. Bu katta yutuq. Ammo tibbiyotda erishilgan natijani saqlab qolish uni qoʻlga kiritishdan kam ahamiyatli emas. JSST maʼlumotlarida Oʻzbekistonda qizamiqning endemik tarqalishi qayta tiklangani qayd etilgan. Bu “emlash tizimi ishlamay qoldi” degani emas. Aksincha, yuqori qamrovni har bir hududda va har bir aholi qatlamida barqaror saqlash qanchalik muhimligini koʻrsatadi. SSPE boʻyicha 238 nafar bemor haqidagi maʼlumotlar ham shu haqiqatni boshqa tomondan koʻrsatib turibdi. Bu raqamlarning har biri ortida alohida bola, alohida oila va uzoq davom etadigan tibbiy muammo bor. Shu bilan birga, davlat ham bu bolalarni yolgʻiz qoldirmayapti. 2026-yilda SSPE bilan ogʻrigan bolalarni qimmatbaho dori vositalari, jumladan odam immunoglobulini-G va maxsus oziq-ovqatlar bilan 100 foiz bepul taʼminlash uchun 11,9 milliard soʻm ajratilgan. Bolalar milliy tibbiyot markazida yangi tibbiy amaliyotlar joriy qilingan, 22 nafar bolada Ommayya rezervuari oʻrnatish amaliyoti bajarilgan va 237 nafar SSPE bemori boʻyicha yagona elektron reestr shakllantirilgan. Albatta bu choralar kasallik oqibatlarini yengillashtirish uchun muhim. Lekin jamoat salomatligi nuqtayi nazaridan eng samarali yoʻl baribir kasallikning oldini olishdir.   Oʻzbekistonda qizamiq xastaligi va uning ortidan bolalarda kuzatilayogan oʻta ogʻir kasallik borasidagi vaziyat dolzarb tus olmoqda. Respublikada SSPE tashxisi bilan nazoratda turgan bemor bolalar soni 238 nafarga yetgan. Ularning 133 nafari (55,8 foiz) milliy emlash kalendariga muvofiq qizamiqqa qarshi vaksina olmagan. Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqning oʻzbek segmentida qizamiq xastaligi va uning ortidan bolalarda kuzatilayogan oʻta ogʻir kasallik borasida turli xabar va videolar keng avj oldi. Aholi orasida vahimalar esa kuchayib bormoqda. Biroq bu xavotirlar birmuncha asosli. Bolalikda oʻtkazilgan qizamiq baʼzan yillar davomida hech qanday belgi bermay, keyinchalik bosh miyani jiddiy zararlaydigan oʻta ogʻir kasallik — subakut sklerozlovchi panensefalit, yaʼni SSPEga olib kelishi mumkin. Oʻzbekistonda bu masala yanada dolzarb tus olmoqda. Respublikada SSPE tashxisi bilan nazoratda turgan bemor bolalar soni 238 nafarga yetgan. Afsuslanarli jihati - ularning 133 nafari, yaʼni 55,8 foizi, milliy emlash kalendariga muvofiq qizamiqqa qarshi vaksina olmagan. Natijada bu mitti bemorlarning 228 nafari — 95,8 foizi — bir yoshga toʻlmasidan oldin qizamiq bilan kasallangan. Bu raqamlar SSPEni faqat alohida bir tibbiy muammo sifatida emas, balki qizamiqning oldini olish, chaqaloqni himoya qilish va emlash qamrovini yuqori darajada ushlab turish masalasi sifatida koʻrish zarurligini koʻrsatadi. SSPE nima oʻzi? SSPE — qizamiq virusi bilan bogʻliq juda kam uchraydigan, ammo nihoyatda ogʻir nevrologik asoratdir. U qizamiq infeksiyasidan bir necha yil oʻtgach paydo boʻlishi mumkin. Shu sababli ota-ona bolasi qizamiqdan tuzalganidan keyin xavf butunlay ortda qoldi, deb oʻylashi mumkin. Aslida esa qizamiq virusining ayrim holatlarda markaziy asab tizimida saqlanib qolishi va yillardan keyin ogʻir jarayonni keltirib chiqarishi mumkinligi ilmiy tadqiqotlarda isbotlangan. Oʻzbekistondagi maʼlumotlarda SSPE odatda qizamiqdan 7–10 yil oʻtgach namoyon boʻlishi qayd etilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ham qizamiqni oddiy toshma va isitma bilan cheklanadigan kasallik sifatida emas, balki ogʻir asoratlar, jumladan ensefalit va SSPE xavfi bilan bogʻliq infeksiya sifatida baholaydi. Shuning uchun SSPEni qanday davolash ustida emas, balki bolani avvalo qizamiqdan qanday asrash ustida bosh qotirishimiz lozim. 238 nafar bemor taqdiri Oʻzbekistondagi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, nazoratda turgan 238 nafar bemorning 133 nafari — 55,8 foizi — qizamiqqa qarshi emlanmagan. Qolgan 105 nafar, yaʼni 44,1 foizi, vaksina olgan deb qayd etilgan. Bir qarashda ikkinchi raqam aholida haqli savol tugʻdiradi: agar 105 nafar bemor vaksina olgan boʻlsa, shu vaksina SSPEga sabab boʻlganmi? Bunday shoshilinch xulosa vaksinatsiyaga qarshi norozilik toʻlqiniga asos boʻlishi tabiiy. Biroq mavjud maʼlumotlar bu xulosani qoʻllab-quvvatlamaydi. Aksincha, emlangan 105 bemorning 83 nafari — 80 foizi — vaksina olishdan oldin qizamiq bilan kasallangan. Demak, bu holatlarda bola avval tabiiy, yaʼni “yovvoyi” qizamiq virusiga duch kelgan, keyin esa emlangan. Bu juda muhim farq. Vaksina olgan boʻlish bilan vaksina sababli kasal boʻlish bir xil tushuncha emas. Ilmiy maʼlumotlar ham qizamiqqa qarshi vaksina SSPEni keltirib chiqarmasligini koʻrsatadi. Aksincha, qizamiqka qarshi samarali emlash dasturlari SSPE holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Vaksina virusi SSPEni keltirib chiqarishi haqidagi gipoteza epidemiologik va virusologik tadqiqotlar bilan tasdiqlanmagan. Nega aynan 2019-yilda tugʻilgan bolalarda koʻp uchragan? Nazoratdagi 238 nafar bemorning 185 nafari, yaʼni 77,7 foizi, 2019-yilda tugʻilgan. Yana 21 nafari 2023-yilda, 18 nafari 2018-yilda tugʻilgan. 2015–2024-yillarning boshqa yillariga esa nisbatan kam sondagi holatlar toʻgʻri keladi. Hujjatlarda 2019-yilda tugʻilgan bolalarning katta qismi bir yoshgacha — 2020-yilda qizamiqqa qarshi rejali vaksina olishi kerak boʻlgani, ammo aynan shu davrda COVID-19 pandemiyasi va karantin choralari emlash dasturining aholini toʻliq qamrab olishiga salbiy taʼsir qilgani qayd etilgan. Yana bir muhim maʼlumot bor: statistik tahlillarda ota-onalarning taxminan 10 foizi emlash dasturiga masʼuliyatsiz munosabatda boʻlishi yoki unga qarshi boʻlishi qayd etilgan. Demak, SSPE statistikasida pandemiya sabab yuzaga kelgan emlashdagi uzilishlar, qizamiq epidemiyalari va emlashdan bosh tortish kabi bir nechta omillar bir-biri bilan uygʻunlashgan. Eng katta xavf — qizamiqning oʻzi Qizamiq nihoyatda yuqumli kasallik. Maʼlumotlarga koʻra, bitta emlanmagan bemor oʻrtacha 12–18 kishiga infeksiya yuqtirishi mumkinligi koʻrsatilgan. JSST ham qizamiqni dunyodagi eng yuqumli infeksiyalardan biri deb baholaydi. U pnevmoniya, ensefalit, ogʻir ich ketishi, suvsizlanish, koʻrish qobiliyatining buzilishi va boshqa asoratlarga olib kelishi mumkin. Bolalarda, ayniqsa besh yoshgacha boʻlganlarda, ogʻir kechish xavfi yuqori. Qizamiqning yana bir xavfli xususiyati shundaki, kasallikning oʻzi immun tizimiga zarar yetkazib, organizmning boshqa infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini ham maʼlum vaqt zaiflashtirishi mumkin. Shu sababli “bolalikda qizamiq bilan ogʻrish- kafolatlangan tabiiy immunitet beradi” degan yondashuv tibbiy nuqtayi nazardan xavfsiz strategiya emas. Tabiiy infeksiya immunitet hosil qilishi mumkin, ammo bu immunitetga erishish uchun bola avval kasallikning oʻzini boshdan kechirishi kerak. Aynan shu jarayonning oʻzi esa pnevmoniya, ensefalit va SSPE kabi asoratlar xavfini olib keladi. Ona suti — birinchi tabiiy himoya Bu yerda ona suti masalasi alohida ahamiyatga ega. Chaqaloq hayotining dastlabki oylarida ona suti nafaqat oziqlanish manbai, balki immunologik himoyaning muhim qismi hamdir. Uning tarkibida immun tizimiga yordam beradigan turli himoya omillari mavjud. Shuningdek, bola tugʻilgunga qadar ona organizmidan yoʻldosh orqali oʻtgan antitanachalar chaqaloqqa hayotining dastlabki davrida vaqtinchalik himoya beradi. Ammo bu himoya abadiy emas: vaqt oʻtishi bilan onadan oʻtgan antitanachalar miqdori kamayadi. Qizamiq masalasida bu juda muhim. Chaqaloqning hayotining ilk oylaridagi himoyasi pasayib borayotgan bir vaqtda uning oʻz immun tizimi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Shuning uchun bir yoshgacha boʻlgan bola qizamiq yuqtirib olsa, jiddiy asoratlar xavfi yuqori boʻladi. Ona suti shu maʼnoda nihoyatda muhim. Lekin bir narsani aniq aytish kerak: ona suti qizamiq vaksinasi oʻrnini bosmaydi. Emizish — bolaning umumiy sogʻlom rivojlanishi va infeksiyalarga qarshi himoyasi uchun muhim omil. Emlash esa muayyan infeksiyaga qarshi maqsadli immun himoyani shakllantirish vositasidir. Ikkalasini bir-biriga qarshi qoʻyish emas, aksincha, ularning vazifasini toʻgʻri tushunish kerak. Nega vaksinatsiya masalasi yanada dolzarb? Oʻzbekistonda Milliy profilaktik emlash kalendari doirasida bolalar 13 turdagi boshqariladigan yuqumli kasallikka qarshi davlat hisobidan bepul emlanadi. Bu roʻyxatga qizamiq, qizilcha va parotit ham kiradi. Emlash tizimi tugʻilgan kundan boshlanadi va bolaning turli yosh bosqichlarida davom etadi. Qizamiqqa qarshi birinchi rejali doza bola 12 oylik boʻlganida beriladi. Epidemiologik xavf mavjud boʻlgan hududlarda esa vaksinatsiyani 6 oylikdan boshlash mumkin. Keyingi doza maktabgacha davrda, odatda 6 yosh atrofida beriladi. Bu yerda 6 oylik vaksinatsiya bilan 12 oylik rejali vaksinatsiyani aralashtirmaslik kerak. Birinchisi epidemiologik vaziyat va xavfga qarab ertaroq himoya yaratish chorasi; ikkinchisi esa milliy kalendardagi rejali emlashdir. JSST ikki dozali qizamiq vaksinatsiyasini asosiy strategiya deb hisoblaydi. Ikki doza birinchi dozadan keyin immunitet hosil boʻlmagan bolalarni ham qoʻshimcha himoya qilish imkonini beradi. Nega “95 foiz” raqami muhim? Qizamiq kabi oʻta yuqumli infeksiyani nazorat qilish uchun aholida immunitet darajasi juda yuqori boʻlishi kerak. JSST qizamiq avj olishlarining oldini olish uchun har bir hududda ikki dozali vaksinatsiya qamrovini kamida 95 foiz darajasida ushlab turish zarurligini taʼkidlaydi. Bu raqam shunchaki statistik meʼyor emas. Agar aholining katta qismi immunitetga ega boʻlsa, virus yuqqan taqdirda ham uning tarqalish zanjiri tezroq uziladi. Aksincha, emlanmaganlar soni ortib borsa, virus uchun yangi “boʻshliqlar” paydo boʻladi. Bu yerda jamoaviy immunitetning yana bir muhim vazifasi namoyon boʻladi. Hamma bolalarni ham ayrim tibbiy sabablarga koʻra emlash mumkin emas. Demak, ularni himoya qilish uchun atrofidagi aholining yetarlicha katta qismi immunitetga ega boʻlishi kerak. Shu maʼnoda vaksinatsiya — faqat bir oilaning shaxsiy qarori emas. U jamiyatdagi eng zaif qatlamlarni ham himoya qilish vositasidir. Oʻzbekiston uchun muhim signal Oʻzbekistonning emlash tizimi soʻnggi oʻn yilliklarda sezilarli darajada kengaydi. 2000-yilgacha bolalar olti turdagi infeksiyaga qarshi rejali emlangan boʻlsa, bugun milliy kalendar 13 turdagi infeksiyani qamrab oladi. Bu katta yutuq. Ammo tibbiyotda erishilgan natijani saqlab qolish uni qoʻlga kiritishdan kam ahamiyatli emas. JSST maʼlumotlarida Oʻzbekistonda qizamiqning endemik tarqalishi qayta tiklangani qayd etilgan. Bu “emlash tizimi ishlamay qoldi” degani emas. Aksincha, yuqori qamrovni har bir hududda va har bir aholi qatlamida barqaror saqlash qanchalik muhimligini koʻrsatadi. SSPE boʻyicha 238 nafar bemor haqidagi maʼlumotlar ham shu haqiqatni boshqa tomondan koʻrsatib turibdi. Bu raqamlarning har biri ortida alohida bola, alohida oila va uzoq davom etadigan tibbiy muammo bor. Shu bilan birga, davlat ham bu bolalarni yolgʻiz qoldirmayapti. 2026-yilda SSPE bilan ogʻrigan bolalarni qimmatbaho dori vositalari, jumladan odam immunoglobulini-G va maxsus oziq-ovqatlar bilan 100 foiz bepul taʼminlash uchun 11,9 milliard soʻm ajratilgan. Bolalar milliy tibbiyot markazida yangi tibbiy amaliyotlar joriy qilingan, 22 nafar bolada Ommayya rezervuari oʻrnatish amaliyoti bajarilgan va 237 nafar SSPE bemori boʻyicha yagona elektron reestr shakllantirilgan. Albatta bu choralar kasallik oqibatlarini yengillashtirish uchun muhim. Lekin jamoat salomatligi nuqtayi nazaridan eng samarali yoʻl baribir kasallikning oldini olishdir.  

  • 18 Sentyabr, 17:30
  • Batafsil
not found

“Dori-Darmon”ning fidoyi xodimlari esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik tantanasi — xalqimizning istiqlol yillarida bosib oʼtgan sharafli yoʼli, fidokorona mehnati, ulkan irodasi va bunyodkorlik salohiyatini namoyon etadigan ulugʼ ayyomdir. Bugun Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, aholi farovonligini taʼminlash, jamiyat hayotidagi islohotlarni samarali amalga oshirish yoʼlida sidqidildan mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning fidoyiligi yuksak qadrlanmoqda. Аna shunday sharafli eʼtirofdan “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining bir qator fidoyi va jonkuyar xodimlari ham bahramand boʼldi. Ular mamlakatimiz taraqqiyoti, farmatsevtika sohasining rivoji va aholi salomatligini taʼminlash yoʼlidagi koʼp yillik samarali mehnati, masʼuliyati va kasbiga sadoqati uchun “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Kompaniyada ushbu yuksak mukofotlarni oʼz egalariga topshirishga bagʼishlangan tantanali marosim boʼlib oʼtdi. Marosimda mukofotlangan xodimlarga samimiy tabriklar bildirilib, ularning mehnati va kompaniya rivojiga qoʼshayotgan munosib hissasi alohida eʼtirof etildi. Ushbu yuksak mukofot — nafaqat eʼtirof, balki mehnatga, sadoqatga va fidoyilikka berilgan yuksak bahodir. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi jamoasi mukofotlangan hamkasblarimizni samimiy tabriklaydi va ularga mustahkam sogʼlik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilaydi! Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon boʼlsin! Yangi Oʼzbekiston taraqqiyoti yoʼlidagi ezgu ishlarimiz yanada barakali va samarali boʼlsin!

  • 27 Avgust, 14:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech