17:13 (26.04.2024)

222

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligida Bolgariyaning “Integra DD” MChJ korxonasi taʼsischisi bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 25 aprel kuni Аgentlik binosida Bolgariyaning “Integra DD” MChJ korxonasi taʼsischisi bolgariyalik Janob Mandjukov Ivaylo va Bolgariya Respublikasida Oʼzbekiston Respublikasining faxriy konsuli, bosh direktor Mandjukov Ivaylo Petrov bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuv avvalida Janob Mandjukov Ivaylo 2016 yildan buyon Oʼzbekistonda faoliyat yuritayotgan “Integra DD” qoʼshma korxonasi loyihasining joriy holati haqida gapirib oʼtdi. Soʼngra Oʼzbekiston bilan qoʼshma korxonaning “Integra DD” loyihasi taqdimotini qildi. Shuningdek, Oʼzbekistonda faoliyat yuritayotgan qoʼshma korxona GMP sertifikatini, litsenziyani oʼz vaqtida taqdim etilgani va bugungi kunda barcha talablarga rioya qilgan holda oʼz faoliyatini davom ettirayotganini bildirdi.

Maʼlumot uchun: "Integra DD" 2013 yilda Samarqand shahrida oʼz faoliyatini boshlagan, inʼektsion eritmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2021 yilda «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP» sertifikatini oldi. Faol investitsiya dasturi doirasida korxonaga 2021 yilda xorijiy investorlar mablagʼlari jalb etilib, “Integra DD” Oʼzbekiston-Bolgariya qoʼshma korxonasiga aylantirildi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 60 million dona ampulani tashkil etadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Janob Mandjukov Ivaylo Sofiyada Oʼzbekistonning faxriy konsulligining ochilishi mamlakatlar oʼrtasidagi uzoq muddatli siyosiy va iqtisodiy jihatdan ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun qilinayotgan harakatlarini aytib oʼtib, Oʼzbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bildirdi. Uchrashuv yakuni boʼyicha tomonlar kelgusida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilanishiga kelishib olindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech