Yangiliklar

not found

Misrdan Oʼzbekistonga gepatit S ga qarshi dorining oʼninchi partiyasi yetkazildi

Shu yil 15 iyul kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan «S» gepatitiga qarshi «Daklatasvir» dori vositasining oʼninchi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi. Mazkur  insonparvarlik  yordamida Oʼzbekiston Prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunilari Misrga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda davlatimiz rahbarining «Gepatit S» kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolash boʼyicha» saylovoldi tashabbusining ijrosi doirasida Misr sogʼliqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida amalga oshirildi. Umumiy hajmi  114 qutida 3 ming donadan ortiq «Daclatasvir-60 mg» dori vositalari Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi. Qayd etish joizki, Misr gepatit «V» va «S» viruslariga qarshi kurashda dunyo miqiyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr Sogʼliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʼra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forigʼ boʼlgan va bu haqida vazir Xalid Аbdugʼaffor joriy yilning 21-30 may kunlari Jeneva shahrida boʼlib oʼtgan Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining 76-sessiyasida maʼlum qildi. Xalqaro tashkilot mutaxassis va ekspertlari Misrning ushbu yoʼnalishdagi yutuqlarini oʼrgandi va joriy yilning iyunь oyida tegishli hisobot eʼlon qilishi hamda gepatit «S» virusi batamom barham topilgani haqidagi shahodatnoma Misr hukumatiga taqdim etilishi kutilmoqda.

  • 17 Iyul, 17:46
  • Batafsil
not found

JSST salomatligi tufayli samolyotda uchishga ruxsat etilmaydigan yoʼlovchilar roʼyxatini eʼlon qildi

Samolyot — tezkor va qulay transport vositasi. Аmmo undan foydalanish uchun barchaning ham salomatlik koʼrsatkichlari mos kelavermaydi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti salomatligi tufayli havo layneri bortiga chiqishiga ruxsat etilmaydigan yoʼlovchilar roʼyxatini eʼlon qildi. “Аviakompaniyalar ogʼir ahvoldagi yoki parvoz chogʼida sogʼligʼi yomonlashishi mumkin boʼlgan baʼzi yoʼlovchilarni samolyotga chiqarishdan bosh tortish huquqiga ega”, — deyiladi JSST hujjatida. Ular quyidagilar: • tugʼilganiga 48 soat toʼlmagan (yoki muddatidan avval dunyoga kelgan) chaqaloqlar; • homiladorlikning 36-haftasi yoki undan ortiq davrida boʼlgan ayollar (koʼp homiladorlik uchun bu koʼrsatkich 32 haftaga teng) • stenokardiya va koʼkrak qafasidagi ogʼriq, yuqumli kasalliklar, yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga chalinganlar; • yaqinda infarkt yoki insultni boshdan kechirganlar; • tanada havo yoki gaz toʼplanishi mumkin boʼlgan jarohatlari bor va yaqinda oshqozon, ichak, koʼz, yuz yoki bosh miya operatsiyalarini oʼtkazganlar; • nafas olish tizimi bilan bogʼliq oʼtkir va uzoq muddatli xastaliklardan aziyat chekuvchilar; • pnevmoniya tashxisi qoʼyilganlar; • tinch holatda nafas qisishi xuruj qiluvchilar; • oʼroqsimon hujayrali anemiyaga chalinganlar; • pnevmotoraks (oʼpka teshilishi) aniqlanganlar; • quloq infektsiyasi bor bemorlar; • dekompressiya kasalligi bilan ogʼriganlar; • bosh miyada bosim oshishidan (qon ketishi, jarohatlar yoki infektsiya tufayli) qiynaladigan kishilar. Ekspertlarning qoʼshimcha qilishicha, bu roʼyxat turli aviakompaniyalar talablari asosida biroz farqlanishi ham mumkin.

  • 17 Iyul, 15:41
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech