11:46 (14.07.2023)

2377

Qondagi qand miqdorini kamaytiradigan gul topildi

Otago universiteti olimlari qandli diabetga chalingan odamlarda qand miqdorini kamaytiradigan gulni topishdi. Tadqiqot natijalari Life Metabolism jurnalida chop etildi. 

Sakkiz yil davom etgan sinovda mualliflar georgina guli barglaridan ajratilgan uchta birikmani sinab ko'rdilar. Tajriba ishtirokchilarga prediabet yoki 2-toifadagi qandli diabet tashxisi qo`yilgan. Ilgari hayvonlarda o`tkazilgan sinovlar shuni ko'rsatdiki, birikma miyadagi yallig'lanishni kamaytiradi, miyaning insulin gormoniga bo`lgan sezgirlikni oshiradi va qondagi qand miqdorini meyorlanishini yaxshilaydi.

Endi ma'lum bo'lishicha, georgina ekstraktidan olingan o'simlik molekulasi diabetga chalingan bemorlarning qondagi qand miqdorini barqarorlashtiradi. 

Texnologiya allaqachon patentlangan va tadqiqotchilar qondagi qand va insulin darajasini normal saqlashga yordam beradigan georgina ekstraktidan tabiiy qo'shimchani bozorga chiqarish uchun tijorat kompaniyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yishdi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech