15:41 (17.07.2023)

3149

JSST salomatligi tufayli samolyotda uchishga ruxsat etilmaydigan yoʼlovchilar roʼyxatini eʼlon qildi

Samolyot — tezkor va qulay transport vositasi. Аmmo undan foydalanish uchun barchaning ham salomatlik koʼrsatkichlari mos kelavermaydi.

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti salomatligi tufayli havo layneri bortiga chiqishiga ruxsat etilmaydigan yoʼlovchilar roʼyxatini eʼlon qildi.

Аviakompaniyalar ogʼir ahvoldagi yoki parvoz chogʼida sogʼligʼi yomonlashishi mumkin boʼlgan baʼzi yoʼlovchilarni samolyotga chiqarishdan bosh tortish huquqiga ega”, — deyiladi JSST hujjatida.

Ular quyidagilar:

• tugʼilganiga 48 soat toʼlmagan (yoki muddatidan avval dunyoga kelgan) chaqaloqlar;

• homiladorlikning 36-haftasi yoki undan ortiq davrida boʼlgan ayollar (koʼp homiladorlik uchun bu koʼrsatkich 32 haftaga teng)

• stenokardiya va koʼkrak qafasidagi ogʼriq, yuqumli kasalliklar, yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga chalinganlar;

• yaqinda infarkt yoki insultni boshdan kechirganlar;

• tanada havo yoki gaz toʼplanishi mumkin boʼlgan jarohatlari bor va yaqinda oshqozon, ichak, koʼz, yuz yoki bosh miya operatsiyalarini oʼtkazganlar;

• nafas olish tizimi bilan bogʼliq oʼtkir va uzoq muddatli xastaliklardan aziyat chekuvchilar;

• pnevmoniya tashxisi qoʼyilganlar;

• tinch holatda nafas qisishi xuruj qiluvchilar;

• oʼroqsimon hujayrali anemiyaga chalinganlar;

• pnevmotoraks (oʼpka teshilishi) aniqlanganlar;

• quloq infektsiyasi bor bemorlar;

• dekompressiya kasalligi bilan ogʼriganlar;

• bosh miyada bosim oshishidan (qon ketishi, jarohatlar yoki infektsiya tufayli) qiynaladigan kishilar.

Ekspertlarning qoʼshimcha qilishicha, bu roʼyxat turli aviakompaniyalar talablari asosida biroz farqlanishi ham mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech