Yangiliklar

not found

Dori sifati buzilganligini qanday aniqlash mumkin?

Uyingizdagi dori qutisini tekshirib turing. Yaroqlilik muddati va saqlash shartlariga qoʼyiladigan talablardan tashqari, barcha dorilar tashqi xususiyatlarga ega: rangi, tiniqligi, zichligi, hajmi, mustahkamligi- bularning bari dori vositasi sifati buzilgan yoki buzilmaganligini koʼrsatadi. Tabletkalar. Yorilgan yoki maydalangan planshetlarga eʼtibor bering. Bundan tashqari, izohda koʼrsatilgandek, rang oʼzgarganligini tekshirishingiz kerak. Agar planshetlar rangi oʼzgargan boʼlsa, ular sogʼliq uchun xavfli boʼlishi mumkin. Kapsulalar. Mustahkam barqaror shakli oʼzgargan, bir-biriga yopishgan kapsulalardan foydalanmang. Koʼz, burun, quloq tomchilari va va boshqa suyuqliklar. Ogoh boʼlish kerak boʼlgan belgilar - loyqalik, idishning pastki qismida yoki devorlarida choʼkma paydo boʼlishi, rangning oʼzgarishi yoki noxush hidning paydo boʼlishi. Malhamlar, linimentlar, shamlar. Liniment - mahalliy foydalanish uchun suyuq malham, masalan, Vishnevskiy malhami. Plastik-elastik yopishqoq konsistensiyaga ega boʼlgan anʼanaviy malhamdan farqli oʼlaroq, liniment tana haroratida eriydi. Malham va linimentlar uchun ogohlantiruvchi belgilar: massa bir xilligining oʼzgarishi, suv paydo boʼlishi, durdachalarga ajralishi, donalar paydo boʼlishi, rangi oʼzgarishi, suyuqlikning kuchayishi (malhamlar uchun). Shamlar. Agar yoriqlar yoki shikastlar boʼlsa, rangi yoki hidi oʼzgargan boʼlsa foydalanmang.

  • 6 Iyun, 09:12
  • Batafsil
not found

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi

“Аholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʼrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʼlga qoʼyish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident farmoni (PF–82-son, 01.06.2023 y.) qabul qilindi. Farmonga koʼra,  Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi. Quyidagilar Аgentlik tuzilmasiga oʼtkaziladi: 2024 yil 1 yanvardan: ➖Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari; ➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari; ➖mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari. 2024 yil 1 avgustdan: ➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan alohida taʼlim ehtiyojlari boʼlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarva maktab-internatlar, koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan oʼquv-tarbiya muassasalari; ➖Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari. ➖2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi. ➖2023 yil 15 avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʼrsatish dasturlari boʼyicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga maʼlumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi. 2024 yil 1 yanvargacha: ➖davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʼrsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari; ➖nogironligi boʼlgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band boʼlgan oila aʼzolariga koʼmaklashish boʼyicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi. ➖2023 yil 1 oktyabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi. 2023 yil 1 oktyabrdan: ➖“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Аgentlik tasarrufiga oʼtkaziladi; ➖aholiga koʼrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʼyicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi. ➖2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va koʼmak”, “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari” orqali koʼrsatiladigan ijtimoiy yordam va koʼmaklar qamrab olinadi. ➖Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi boʼlgan shaxslar hamda yolgʼiz keksalar holidan xabar olish, ularga gʼamxoʼrlik qilish hamda xayriya tadbirlari oʼtkaziladi.

  • 5 Iyun, 14:24
  • Batafsil
not found

Oʼzbekiston II Xalqaro farmatsevtika forumi boshlandi

Poytaxtimizdagi "Trillant” mehmonxonasining anjumanlar zalida Ikkinchi xalqaro farmatsevtika forumi boshlandi. Oʼzbekistonda ikkinchi bor tashkil etilayotgan mazkur forumda  Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Tojikiston, Rossiya, Belorusь va boshqa davlatlarning regulyator-nazorat organlari, mahalliy va xalqaro yirik ishlab chiqaruvchilar kompaniyalar, distribyutorlar, ishlab chiqarish texnologiyalarini litsenziyalovchilar, shuningdek sohada faoliyat olib boruvchi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Forumni  Oʼzbekiston Respublikasir sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov ochib berdi. Soʼzi avvalida ishtirokchilarni qutlab, soʼnggi yillarda farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar haqida maʼlumotlar berib oʼtdi, sessiyalar ishlariga omad tiladi. Forum dasturidan birinchi va ikkinchi kunlari yalpi majlis, sessiyalar, shuningdek, davra suhbatlari,  V2V va V2G  uchrashuvlari oʼrin olgan.  Forum sessiyalarida eng samarali rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish maqsadida Oʼzbekiston va qoʼshni mamlakatlar farmatsevtika bozorining dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Oʼzbekiston farmatsevtika sanoatiga GMP, GVP, GDP standartlarini joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Sessiyalar doirasida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va distribyutorlar hamda dorixonalar tarmogʼi rahbarlari bilan uchrashuvlar oʼtkazish koʼzda tutilgan boʼlib, ular forum davomida turli mamlakatlarning yetakchi soha vakillari bilan ishbilarmonlik aloqalarini oʼrnatish imkoniyatiga ega boʼladilar. Forum ertaga ham oʼz ishini davom ettiradi.

  • 5 Iyun, 12:21
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech