10:14 (28.04.2022)

3655

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 14 apreldagi [181-son] qarori bilan Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. SSV huzuridagi Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi markaz muassisi hisoblanadi.

Markaz Zangiota tumanidagi «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri hududida joylashtiriladi. Unda qurilish, tibbiy texnika, klinik va laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash ishlari Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmogʼini qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari, «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish loyihasi doirasida Koreya Eksimbanki (EDCF) jamgʼarmasi kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- dori vositalari klinik tadqiqotlarini xalqaro etik va ilmiy standartlar talablariga muvofiq tashkil etish;
- respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizatsiya qilishni muvofiqlashtirish;
- «Zarur klinik amaliyot (GCP)» talablariga muvofiq dori vositalarinining klinik tadqiqotlarini oʼtkazishni tashkil etish;
- jenerik dorilarning original dorilarga farmokologik bioekvivalentligini aniqlash;
- klinik tadqiqot subʼektida dori vositalarining farmakokinetik tadqiqotlarini oʼtkazish;
- tibbiyot xodimlarining klinik tadqiqotlari oʼtkazish sohasida malakasini oshirish;
- «Zarur klinik amaliyot (GCP)» yoʼnalishida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Markaz pullik xizmatlar koʼrsatadi, qolaversa, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar va donor mamlakatlar mablagʼlarini jalb qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech