Yangiliklar

not found

Yaxshi dorixona amaliyotini joriy etish boʼyicha yigʼilish boʼlib oʼtdi

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasida vaqti –vaqti bilan kompaniya masʼullari va dorixona mudirlari uchrashuvi anʼanaga aylangan. Navbatdagi uchrashuv kompaniya Boshqaruv Raisi U. Salixbaeva ishtirokida boʼlib oʼtdi. Uchrashuv avvalida Boshqaruv Raisi oʼrinbosari А.Kamilov tomonidan  dorixonalarda eng yaxshi dorixona  amaliyotini joriy etish, mazkur  amaliyotning afzalliklari, bu borada oldinda turgan vazifalar haqida maʼlumotlar berildi. «Zarur dorixona amaliyoti (Good Pharmacy Practice, GPP)»: farmatsevtik xizmat koʼrsatish sifatini taʼminlash maqsadida, farmatsevtik maʼlumotga ega boʼlgan mutaxassislar tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish yoʼnalishida farmatsevtik faoliyatni tashkil etish qoidalari sanaladi. Yaxshi dorixona amaliyotining asosiy talablari quyidagilar hisoblanadi:  - inson sogʼligʼini saqlash maqsadida bemorga eʼtiborni qaratish; - dori vositalari ratsional qoʼllanilishi va yaxshi ishlatilishi boʼyicha koʼmaklashish; - kasbiy etikaga va mahfiylikka rioya qilish; - sifatli farmatsevtik xizmatlarni koʼrsatish; - deontologiya, farmakoterapiya va farmakologiya asoslarini egallagan malakali farmatsevt kadrlarning mavjudligi; Dorixona oʼz faoliyatida sanitariya-epidemiologiya qoidalari va meʼyorlari, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari, yongʼinga qarshi va boshqa talablar asosida amalga oshirishi lozim. Mazkur talablardan kelib chiqqan holda, dorixonalardagi sharoitlar, kamchiliklar, tezlikda hal etilishi kerak boʼlgan masalalar belgilab olindi. Xabaringiz bor, Respublikamizda  aholiga kafolatlangan paket doirasida bepul tibbiy yordam koʼrsatish va dori vositalari bilan taьminlash, surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda zarur boʼladigan ayrim dori vositalari bilan bemorlarni dorixona orqali bepul taʼminlash- reimbursatsiya dasturi ishlab chiqilgan. U tajriba-sinov tariqasida oʼtgan yili Sirdaryo viloyatida, joriy yilda esa Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi tibbiyot birlashmasi tizimidagi muassasalarda ham joriy qilindi. "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi tizimidagi "Sirdaryo Dori-Darmon" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 40 ta, shuningdek kompaniyaga qarashli Toshkent shahridagi 3 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya tizimiga ulangan. Yigʼilish davomida Boshqaruv Raisi reimbursatsiya tizimiga ulungan dorixona mudirlari bilan suhbatlashib dorixonalardagi ish jarayoni, mijozlar murojaati, fikrlari bilan qiziqdi. Soʼngra, aholi oʼrtasda qanday va qaysi ishlab chiqaruvchi yoki qaysi davlatlarda ishlab chiqarilgan dori vositalarga talab koʼpligi, aholini sifatli dori vositalari bilan taʼminlash masalalari yuzasidan dorixona mudirlarining fikr – mulohazalari va takliflari oʼrganildi. Shuningdek, dorixonalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

  • 18 Dekabr, 15:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech