09:48 (18.12.2023)

764

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy sotilish holatlarini oldi olindi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Аndijon shahar boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro А.S. jami 173 dona “Zardeks” va “Fenobarbital” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini “Mustaqillik” MFY hududida oʼtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qorakoʼl tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “S.T.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi M.B. xaridorga hech qanday hujjatsiz 20 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 106 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Departamentning Qoʼqon shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda esa, “Q.S.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi А.R. hech qanday hujjatsiz 40 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro N.R.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 60 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech