Yangiliklar

not found

Biologik faol qoʼshimchalar zararli(mi)?

Biologik faol qoʼshimchalar (BFQ) – inson organizmidagi fiziologik buzilishlarning oldini olish hamda sogʼlom balansni tiklash maqsadida ratsionini maqbul darajaga yetkazish yoki organizmni zarur boʼlgan foydali moddalar bilan toʼldirish uchun moʼljallangan, tarkibida kelib chiqishi tabiiy yoki tabiiyga oʼxshash sunʼiy biologik faol moddalar (ularning kontsentratlari) va (yoki) probiotik komponentlar hamda probiotik mikroorganizmlar mavjud oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Biologik faol qoʼshimchalar davolovchi taʼsirga ega emas. Davolovchi taʼsirga ega boʼlgan mahsulotlar dori vositalari hisoblanadi. Respublikamizda faoliyat olib borayotgan "FARM FORMAT" MChJ tomonidan bir qator BFQlar va gigienik vositalar ishlab chiqarilgan, ruxsatnoma BFQ sifatida berilgan boʼlsada, bir paytning oʼzida ushbu BFQ va gigienik vositalar tarkibi nuqtai nazaridan dori vositalari xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, baʼzi dori vositalari qalbaki tarzda ishlab chiqarilayotgani toʼgʼrisida kelib tushgan murojaatlarga binoan olib borilgan oʼrganishlar davomida: “NUTRI MAKON FACTORY” MChJ tomonidan “NUMA Igneus”, “NUMA Omega-3-6-9”, “NUMA Vitamin D3”, “NUMA Kollagen” va “NUMA Tribulus” mahsulotlari ruxsatnomaga egaligi, lekin “NUMA Sollagen PRO+” mahsuloti hech qanday ruxsatnomaga ega emasligi aniqlangan. “BEK BREND PHARM” MChJ tomonidan baʼzi – «Расторопша» nomli mahsulot qoʼmita tomonidan tarkibi tekshirilmagan mahsulot savdosi bilan shugʼullanayotganligi aniqlandi. Shu oʼrinda bu kabi holatlar yuzaga kelganda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasining telegram ijtimoiy tarmogʼidagi @Sanepidmurojaatbot ga yoʼllashingiz mumkinligini eslatib oʼtamiz. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasi aholidan tarkibi nomaʼlum boʼlgan, xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni nomaʼlum kimsalar va soxta tadbirkorlardan sotib olib, oʼzboshimchalik bilan isteʼmol qilmaslikni soʼrab qoladi.

  • 6 Noyabr, 15:32
  • Batafsil
not found

SSV: Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish tizimi toʼliq oʼzgardi

Prezidentimizning 2023 yil 20 iyundagi tegishli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markaziga malaka toifalari berishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali uning shaffofligini taʼminlash vazifasi yuklatilgan edi. Mazkur topshiriqqa koʼra, malaka toifasi berishda hujjat topshirish va attestatsiyadan oʼtkazishning mutlaqo yangi shaffof va adolatli tizimi yaratildi. Xususan, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan birgalikda yaratilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish boʼyicha attestatsiyadan oʼtkazish hamda ularga sertifikat berish axborot tizimi — tibtoifa.ssv.uz ishga tushirildi. Shu asnoda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasi berish boʼyicha yigʼmajild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilindi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berilganligini tasdiqlovchi qogʼoz shaklidagi sertifikat berish amaliyotiga ham barham berilib, hisobga olish seriyasi, tartib raqamiga ega, QR-kodi qoʼyilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etildi. Yangi tizim asosida onlayn tartibda malaka toifasi berish boʼyicha dastlabki attestatsiyalarni joriy yil 16 sentyabrdan boshlab oʼtkazish yoʼlga qoʼyildi. Ogʼzaki imtihonlar (suhbat) onlayn shaklda maxsus dastur orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun Markaz binosida zarur qurilmalar bilan jihozlangan xonalarda, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlardagi mutaxassislar uchun muassasaning hududlardagi ana shunday xonalarida oʼtkazilmoqda. Onlayn tartibdagi ogʼzaki imtihon uchun beriladigan bilet savollari “Random” (inson omili minimallashgan, kompьyuter texnologiyasi yordamida tasodifiy savol tanlash) dasturi orqali tanlanishi yoʼlga qoʼyildi. Biletlar 5 ta savoldan iborat boʼlib, ularga javob berish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi va har bir javob 10 ballik tizimda baholanadi. Imtihon yakunida ushbu dastur umumiy ballarning oʼrtacha qiymatini hisoblab, oʼsha zahoti eʼlon qiladi. Аttestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda Sogʼliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida onlayn translyatsiya qilinadi. Mazkur tizimning yana bir afzalligi shundaki, endilikda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining hujjat topshirish hamda attestatsiyadan oʼtish uchun ortiqcha vaqt va mablagʼ sarflab poytaxtga kelishiga butunlay chek qoʼyildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 18 sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish boʼyicha davlat xizmatlarini koʼrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, malaka toifasi berish boʼyicha Davlat xizmatlari koʼrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʼrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etildi.

  • 6 Noyabr, 10:04
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech